https://stok.bte.co.id/pg/ https://coverage.bte.co.id/public/play/ https://lapor.bte.co.id/rungkat/ https://itj.jakartamrt.co.id/data/ https://dev.idcomm.id/wp-includes/IXR/slot-gacor/
⚡️ "ZO'RAVONLIKKA YO'L YO'Q" shiori ostida seminar yig'ilishi o'tkazildi | | Karakalpak state university

⚡️ “ZO’RAVONLIKKA YO’L YO’Q” shiori ostida seminar yig’ilishi o’tkazildi

Joriy yili 24-noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetida Xotin-qizlar Kengashi raisi I.Seytnazarova  rahbarligida O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bo’limi bilan hamkorligida “25 noyabr – Xotin – qizlarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan “ZO’RAVONLIKKA YO’L YO’Q” shiori ostida kengaytirilgan seminar yig’ilishi o’tkazildi.

    Tadbirni universitet rektori A.Reymov ochib berdi va o’z nutqida “Bugungi kundagi yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, bu boradagi universitet yoshlarining yutuq va kamchiliklari” haqida ta’kidlab o’tdi.

  Undan so’ng Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o’rinbosari R.Saparbayev “Inson erkinligi va diniy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash” mavzusida nutq  so’zladi.

    Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, xotin-qizlar bo’limi boshlig’i  mayor T.Karlibayeva “Tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya order berish tartibi to’g’risida” tushunchalar berdi.

Adliya vazirligi bosh maslahatchisi N.Qutlimuratova – “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari”, universitet rektorining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi I.Seytnazarova “Har bir ayol davlat himoyasida” mavzusida, QRXBXQT va QA xududiy markazi “Pedagogika psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, dotsent M.Utepbergenov – “Oilaviy zo’ravonliklar kelib chiqishining psixologik sabablari va yechimlar” mavzusida, Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining bo’lim boshlig’i M.Turdimuratova “Zo’ravonliksiz oila-sog’lom oila” mavzusida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi direktori S.Nasirova – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “Zo’rlik ishlatishdan jabr ko’rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorning mazmun mohiyati haqida,Qoraqalpog’iston Respublikasi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi bosh psixologi R.Amanova – “Biz oiladagi zo’ravonlikka qarshimiz” mavzusida  psixologik treningi, universitet psixologi G.Reymbayevaning «Siz mustaqil hayotga tayyormisiz?» nomli psixologik treningi bo’lib o’tdi.

   Unda  barcha fakultetlardan qamrab olingan  100 nafarga yaqin talaba yoshlar faol qatnashib, mustaqil hayotning zaruriy psixologik jihatlarini  o’rganishdi.

    Qizg’in munozaralarga boy o’tgan majlis va seminar-trening so’ngida qatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan psixologik va huquqiy muammolar bo’yicha savollariga mutaxassis tomonidan individual maslahatlarini olishdi.

 

 

Foydali havolalar