slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://uptdlkk.kaltimprov.go.id/img/product/https://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://ditkapel.dephub.go.id/petikemas/tests/https://pmb.universitaspertamina.ac.id/popup/hari-ini/https://jdih.komnasham.go.id/img/banner/https://file.disdikbud.kaltimprov.go.id:8443/user/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor maxwinslot gacor hari inislot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor 2024
Is gazidan ehtiyot bo'ling! | | Karakalpak state university

Is gazidan ehtiyot bo‘ling!

Respublikamizda kuz -qish mavsumi kelishi bilan havo harorati keskin pasayib ,aholining issiqlikka bo‘lgan ehtiyojini vujudga keltiradi.Bu esa o‘z navbatida issiqlikni ta‘minlash maqsadida is gazidan foydalanishga sabab bo‘ladi.Is gazidan noto‘g‘ri foydalanish ko‘pgina yomon holatlarga olib kelishi mumkin.Gazdan foydalanganda ehtiyotkor bo‘lish ,xonalarni vaqti -vaqti bilan shamollarni turish maqsadga muvofiq.Bu haqida bizga professor o‘qituvchilar ,ustozlar,tyutorlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borishmoqda.

Biz is gazidan ehtiyot bo‘lish uch avvalo uning nima ekanini bilib olishimiz kerak.Is gazi nima?Is gazi (uglerod oksidi) – rangsiz, taʼmsiz, hidsiz zaharli gaz. Kimyoviy formulasi – CO2. U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng koʻp tarqalgan zaharlovchi gazlardan biridir.Qazib olinadigan yoqilgʻilarning toʻliq yonmasligi is gazining bosh manbai hisoblanadi. U asosan koʻmir, tabiiy gaz va boshqa yoqilgʻilarning toʻliq yonmasligi sabab yuzaga keladi. Nafas olinuvchi havo tarkibida 0,1 foiz is gazining boʻlishi oʻlim holatiga olib kelishi mumkin! Is gazi organizmga tushganda u qon tarkibidagi gemoglabin va kislorod tashuvchi eritrotsitlarni oʻzaro bogʻlab, kislorodning tana boʻylab harakatlanishini cheklaydi. Natijada inson hushini yoʻqotadi.

Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari.

Bosh miya tizimida:uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, hushini yoʻqotish;

Koʻrish tizimida:koʻz oldining qorongʻulashishi;

Eshitish tizimida:eshitish qobiliyatining pasayishi;

Teri qismida: terlash kuchayishi;

Nafas olish tizimida: nafas olishning ogʻirlashishi, yoʻtal;

Yurak qismida: puls va AB ortishi;

Mushaklar tizimida: tremor (qaltirash).

Qanday holatlarda is gazidan zaharlanish xavfi yuqori boʻladi?

Shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda;

Avtoulovlar turargohlarida;

Yangi boʻyalgan va shamollatilmagan xonalarda;

Uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda;

Pechka bilan isitiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning toʻliq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.

Bundan tashqari, hozirda savdo doʻkonlarida sotilayotgan, gazda ishlaydigan har xil turdagi gaz uskunalari, jumladan, Eron davlatida ishlab chiqilgan “kamin“ gaz uskunasi chiroyli, ixcham koʻrinishli, isitish mavsumida ishlatib, keyin boshqa joyga olib qoʻysa boʻladigan qulayliklarga egadir. Biroq ushbu gaz uskunasi boshqa davlatda ishlab chiqilgani sabab, uni oʻrnatish va foydalanishga doir texnik pasport oʻzbek yoki rus tillariga tarjima qilinmagan. Buning oqibatida, undan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari bilan tanishish imkoni boʻlmaydi. Mazkur gaz uskunasi oʻzboshimchalik bilan, mutaxassisning koʻrsatmasisiz “Qurilish meʼyorlari va qoidalari“ talablarini buzgan holatda oʻrnatilmoqda. Natijada esa insonlar is gazidan zaharlanib vafot etmoqda.

Tabiiy gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi?

Oʻzboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi oʻrnini almashtirish, uni yangilash va tuzatish;

Gaz asboblari oʻrnatilgan xonalar rejasini oʻzgartirish;

Dudburon va shamollatish tizimlarini oʻzgartirish;

Xavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib qoʻyish;

Maktabgacha yoshdagi bolalar, shuningdek oʻz harakatlarini nazorat qila olmaydigan shaxslarning gaz asboblaridan foydalanishi;

Gaz va gaz asboblaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;

Gaz asboblari oʻrnatilgan xonada uxlash va dam olish;

Suyultirilgan gazdan foydalanishda nimalar taqiqlanadi?

Boʻsh va suyultirilgan gazli ballonlarni xona hamda yertoʻlalarda saqlash;

Gazlashtirilgan xonaga 50/55 litr sigʻimli ballondan bittadan ortiq yoki 27 litrli ballondan ikkitadan ortiq qoʻyish;

Ballonlarni qizishdan saqlaydigan toʻsiq oʻrnatilgan boʻlsa, ballon bilan isitish asbobining oraligʻi 0,5 metrgacha qisqartirilishi mumkin, ballon bilan toʻsiqning orasi esa 10 santimetrdan kam boʻlmasligi kerak;

Ballonlar bilan oʻt yoqish eshigining oraligʻi 2 metrdan oz boʻlmasligi lozim;

Xonaga oʻrnatilgan ballonlar almashtirilayotganda elektr yoritkichlarni yoqib-oʻchirish, ochiq olovdan, elektr isitish asboblari va isitish pechkalaridan foydalanish;

Ballonlarni almashtirish ishlari bilan bogʻliq boʻlmagan shaxslar borligida ballonlarni almashtirish.

Gazdan zaharlanganda birinchi yordam qanday koʻrsatiladi?

Barcha holatdagi ogʻir zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  1. A) Jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish kerak;
  2. B) Jabrlanuvchining qoʻl va oyoqlarini koʻtarilgan holatda yotqizish;
  3. C) Nafas olishiga xalaqit beruvchi barcha narsalarni yigʻishtirish (tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni boʻshatish va boshqalar);
  4. D) Jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish taqiqlanadi;
  5. E) Jabrlanuvchi nafas olmayotgan boʻlsa, unga toza havoda yoki havosi yaxshi aylanadigan xonada sunʼiy nafas oldirishni boshlash lozim;
  6. F) Nashatir spirtini hidlatish;
  7. G) Hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar koʻrish;
  8. H) Jabrlanuvchining holati yaxshi boʻlsa, issiq choy yoki qahva ichirish;
  9. I) Kislorod yostigʻi yordamida kislorod berish.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada so‘ngi uch yil ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bo‘lgayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq.

Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanish mumkin.

Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma –  karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to‘qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og‘ir xolatlarda esa  – anoksiyaga olib kelishi xamda shu tariqa inson hayotdan ko‘z yumishi mumkin.

Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:

Fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;

Nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;

Isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;

Gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;

Havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanish;

Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilg‘i (gaz, ko‘mir, o‘tin va boshqa)ni chala yonishi natijasida is gazi xosil bo‘ladi.

Yuqoridagi sabablarni kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymang. Is gazidan zaharlanishdan ogoh bo‘ling.O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.

 

O‘zbek filologiyasi fakulteti

3-kurs talabasi Xodiyeva Muhayyo

 

 

Foydali havolalar