⚡️ Vazir o'rinbosari universitet tayanch doktorantlari, doktorantlar va tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o'tkazdi | | Karakalpak state university

⚡️ Vazir o‘rinbosari universitet tayanch doktorantlari, doktorantlar va tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

 

          Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor R.R.Xakimov rahbarligida universitetning tayanch doktorantlari, doktorantlar va tadqiqotchilari bilan ochiq muloqqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

          Uchrashuvni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, geografiya fanlari doktori, dotsent I.R.Turdimambetov ochib berdi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosarining tadqiqotchilar bilan o’tkazilayotgan uchrashuvning ahamiyati haqida ta’kidlab o‘tdi.

          Uchrashuvda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari R.R.Xakimov so‘zga chiqib, bugungi kunda ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar bilan universitet yosh olimlarini batafsil tanishtirib o‘tdi. Vazir o‘rinbosari bevosita ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishdagi mavjud holat, ayni paytda mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ilm-fan va innovatsion faoliyatga berilayotgan katta e’tibor va g‘amxo‘rliklar xususida, bu borada ushbu soha olimlari, ayniqsa, yosh olimlar yanada faol bo‘lishlari zarurligi yuzasidan o‘zining qator fikrlari, taklif va tavsiyalarini, ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

          Bundan so‘ng vazir o‘rinbosari bilan universitet tayanch doktorantlari va doktorantlari, tadqiqotchilari o‘rtasida ochiq muloqot savol-javob tarzida davom etdi. Vazir o‘rinbosari R.R.Xakimov tomonidan universitet yosh olimlari bergan savollarga batafsil javob berib o‘tdi.

          Uchrashuv qiziqarli va sohaga oid savol-javoblar, fikr-mulohozalarga boy tarzda o‘tkazildi.

 

Qoraqalpoq davlat universiteti Matbuot xizmati

 

 

 

Foydali havolalar