#Mehr-saxovat aksiyasi | | Karakalpak state university

#Mehr-saxovat aksiyasi

«Intellektual Yetuk Yoshlar» (@IJJ_CLUBI) klubi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi Chimboy tumanidagi «Qariyalar uyi»ga «Qarisi bor uyning – parisi bor» shiori ostida Mehr-saxovat aksiyasi tashkil etildi. Aksiya doirasida Qariyalar uyiga 200 ta badiiy kitob sovg’a etish va mehr-muhabbat ulashish g’oyasi ilgari surildi.

Ushbu munosabat bilan Kimyo-texnologiya fakulteti dekani B.Nurimbetov va dekan o’rinbosari G’.Sultanov boshchiligida «Ma’naviy boyligimiz siz bilan» nomi ostida kitoblar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.


«Qariyalar avvalo, mehr-muruvvatga e’tiborga va asosiysi shirin so’zga muhtojdirlar. Biz esa ularni o’z yaqin insonlarimiz kabi ko’rib, iloji boricha ularning ko’nglini ko’tarishga va holidan xabar olishga harakat qilishimiz zarur» – deya ta’kidlab o’tdi fakultetimiz dekani B.Nurimbetov.
Shu g’oyani ilgari surish maqsadida professor-o’qituvchilar va talaba yoshlar Qariyalar uyiga kitob sovg’a qilishga o’z xissasini qo’shishmoqda.
Zeroki, fakultetimiz dekan o’rinbosari aytib o’tganidek, «Kitob – insonning do’stidir. Demak, biz ulashayotgan kitoblar ularni o’quvchi insonlar ko’ngliga iliqlik ulashishiga tilakdoshmiz».

Xulosa o’rnida aytish kerakki, yaxshilik qilish qiyin emas, shunchaki chin yurakdan bajarish kifoya.

Sevara Ismailova
Kimyo-texnologiya fakulteti
2-bosqich talabasi

 

Foydali havolalar