slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
"QIZLAR TA'LIM-TARBIYASIDA MAHALLA VA OILANING O'RNI" MAVZUSIDA SUHBAT TASHKIL ETILDI | | Karakalpak state university

“QIZLAR TA’LIM-TARBIYASIDA MAHALLA VA OILANING O’RNI” MAVZUSIDA SUHBAT TASHKIL ETILDI

“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan edi õtgan asrning boshlarida millatning buyuk daholaridan biri pedagog Abdulla Avloniy. Bu hikmat bugungi kunga qadar õz qiymatini yõqotgan emas. Bugun ham ta’lim-tarbiya masalasi har qachongidanda ustuvor. Shu ma’noda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talaba-qizlari õrtasida Universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Qizlar ta’lim tarbiyasida mahalla va oilaning õrni” nomli suhbat bõlib õtdi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qõllab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda bõlib õtgan ushbu suhbat Zoom platformasida yuzdan ortiq Xotin-qizlarni bir mavzu ostida birlashtirdi. Suhbatda Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirining birinchi o’rinbosari – Maryam Axmedova, QDU rektorining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi – Injayim Seytnazarova, universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi matbuot kotibi, moderator – Dilafruz Obloqulova, suhbat mehmonlari Milliy g’oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori, dotsent – Almagul Bayriyeva, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi bosh maslahatchisi – Nasiba Qutlimuratova, Nukus shahar tibbiyot birlashmasi boshlig’ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo’yicha o’rinbosari -Merõert Sultamuratova, Nukus shahar “Аманлык гузары” MFY faoli – Gulbahar Jaksimova hamda universitetning 16 ta fakultetidan Xotin-qizlar, ommaviy axborot vositalari qolaversa, respublika OTM Xotin-qizlar raislari ham shtirok etishdi.

 

Suhbatni QDU rektorining Xotin-qizlar masalalari bõyicha maslahatchisi I.Seytnazarova kirish sõzi bilan ochib berdi. Bugungi kunda ta’lim jarayonlari masofaviy tarzda kechayotganligi va talaba-qizlarning ta’lim-tarbiyasi nazorati uchun ham bu kabi masofaviy suhbatlar tashkil etib, ular bilan doimiy muloqot õrnatish kerakligini ta’kidladi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qõllab-quvvatlash vazirining birinchi õrinbosari Maryam Axmedova talaba-qizlar bilan bevosita muloqot qilib, ularga har bir ta’lim-tarbiyaning negizi oiladan, mahalladan boshlanishi, bugungi kunda muhtaram Yurtboshimiz ham mahallalarga, oilalarga ularning osuda hayoti, turmush tarzi uchun keng imkoniyatlar yaratib berayotgani, joriy yil ham aynan “Inson qadrini uluğlash va faol mahalla yili” deb bejizga nomlanmaganini aytib õtdi. Qiz bola ta’lim-tarbiyasida oilaning, ota-onaning, mahallaning õrni beqiyos ekanini ta’kidladi. Faol va jamoatchi qizlarning bir qator savollariga aynan faktlar, ya’ni hayotiy va amaliy tajribasi asosida javob berdi.

Shuningdek, har bir suhbat mehmoni qizlar ta’lim-tarbiyasi, mahallada qiz bolaning tutgan õrni, uning ma’naviyati, madaniyati, haqida sóz yuritdi, shuningdek, ayollarga qarshi qaratilgan zõravonliklarni oldini olish, gender tenglik masalalari ham olğa surildi.

Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olayotgan õzbek talaba-qizlariga qulaylik yaratish uchun suhbat qoraqalpoq va õzbek tillarida olib borildi.

Foydali havolalar