https://uni.sesc.com.br/rajaslot303/https://arsip.umsu.ac.id/js/thailand/https://sirapat.belitung.go.id/vendor/maxwin/https://bb-funrun.pekanbaru.go.id/storage/product/https://helo.bni-life.co.id/slot777/
Chet tillari fakultetida davra suhbati bo'lib o'tdi | | Karakalpak state university

Chet tillari fakultetida davra suhbati bo’lib o’tdi

Qoraqalpoq davlat universiteti chet tillari fakultetida xotin-qizlar masalasi boʻyicha dekan maslahatchisi M.Ametova, chet tillari fakulteti Yoshlar bilan ishlash boyicha dekan muovini T.Qulniyazovlar boshchiligida «Yovuzlikka qarshi ma’naviyat», «Kiyinish madaniyati» va «Vijdon erkinligi va diniy uyushmalar tóğrisi»dagi nizom haqida tushuncha berish maqsadida chet tillari fakulteti talaba qizlari va tyutorlar ishtirokida davra suhbati bólib ótdi. Bu suhbatni din ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasining boshqarmasining din ishlari boʻyicha masʼullari Sh.Matyakupova va B.Ayimbetova boshlab berib, qizlarga vijdon erkinligi haqida tóğri tushuncha berdi. Chet tillari fakulteti yoshlar masalasi boʻyicha dekan oʻrinbosari T.Qulniyazov óz sózida qizlarning odob-axloq qoidalari meʼyorlari haqida keng toʻxtalib o’tdi. Chet tillari fakulteti tyotorlari ham davra suhbatida faol ishtirok etib, yoshlarga óz hayot tajribasidan namunalar keltirdi.

Suhbat davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ishki ishlar vazirligi xizmatchilari M.Shaniyazov va Q.Qaniyazovalar sózga chiqib, qizlarning kiyinish madaniyati haqida alohida toʻxtalib oʻtdi va qizlarning jamiyatda faol bólishi zamon talabi ekanligini taʼkidladi.

Suhbat soʻngida talaba qizlar ózlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi va kelgan mehmonlarga óz minnatdorligini bildirdi.

 

Kokanova Nursuliu chet tillari fakulteti 2-kurs studenti

Foydali havolalar