slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
Moskvalik ekolog olimlar Qoraqalpoq davlat universitetida | | Karakalpak state university

Moskvalik ekolog olimlar Qoraqalpoq davlat universitetida

2022 yil 5 may kuni Qoraqalpoq davlat universitetida Rossiya Fanlar Akademiyasi A.N.Severtsov nomidagi Ekologiya va evolyutsiya muammolari institutining direktor muovivni, tuproqlarning ekologik funktsiyalarini o’rganish laboratoriyasining boshliǵi,  b.f.d.  Gongalskiy Konstantin Bronislavovich va kichik ilmiy xodimi Degtyarev Maksim Igorevich ishtirokida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarga Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va ixtidorli talabalar ishtirok etdi.

Ilmiy seminarni fakultet dekani b.f.d., professor Yakub Ametov olıb bordi. Mehmonlar seminar ishtirokchilariga institut faoliyati, ularning mavjud laboratoriyalari, shu jumladan, tuproq zoologiyasi laboratoriyasi haqida so‘zlab berdi. Seminar oxirida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Shu kuni Qoraqalpoq davlat universiteti va A.N.Severtsov nomidagi Ekologiya va evolyutsiya muammolari instituti orasida hamkorlik aloqalar bo’yicha shártnoma imzolandi.

Shuni aytib o’tish joiz, 3-4 may kunlari Moskvalik ekolog olimlar Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakulteti professor-o’qituvchilari bilan Muynoq tumanida joylashgan «Kemalar qabristoni» ochık osmon ostidagı muzeyida, Beruniy tumaninda joylashgan Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida bo’lib ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.

 

Rufiya Serimbetova

Qoraqalpoq davlat universiteti

Umumiy biologiya va fiziologiya

kafedrasi assistenti

Foydali havolalar