slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
Konstitutsiya – mening nigohimda Respublika Talabalar Konferensiyasi bo'lib o'tdi | | Karakalpak state university

Konstitutsiya – mening nigohimda Respublika Talabalar Konferensiyasi bo’lib o’tdi

Talabalarning yozgi amaliyotini foydali tashkil etish va ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan yangiliklar va amalga oshirilayotgan islohatlar jarayoniga obektiv shaxsiy erkin fikri munosabatini o’rganish maqsadida TDYU Biznes huquqi kafedrasi tomonidan ZOOM platformasi orqali o’tkazilgan konferentsiyada respublikamizning etakchi oliy ta’lim muassasalarining faol talaba yoshlari ishtirok etdi.

 

 

Shu qatori universitetimizning yuridika fakulteti faol yoshlari, xalqaro va mahalliy tanlovlar ǵoliblari, davlat stipendiya sovrindorlari va nomzod talabalar ham ishtirok etib, bosh qomusimizga kiritilishi nazarda tutilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar bo’yicha taklif hamda fikr-mulohazalarini bildirdi. Onlayn konferentsiyada fakultet etakchisi va biriktirilgan guruh talabam Javohir Turdimurodovning nutqi «Eng yaxshi taklif va fikr-mulohazali mavzu» deb e’tirof etildi. Darhaqiyqat, uch soat davom etgan faqat talaba yoshlar fikri tinglangan muloqatda talabalarning bir-biridan ajoyib taklif va fikrlarini eshitib biz albatta xursand bo’ldik. Yoshlarda gap ko’p ekanda… faqat ularni tinglab, to’g’ri yo’l ko’rsatib, qo’llab-quvvatlab, yaxshi motivator vazifasini bajarsangiz qolganini o’zlari olib ketishadi degan xulosaga keldik. Yoshlarga, ilmga, ta’lim-tarbiyaga qaratilgan e’tibor va mablag’ kelajakda albatta o’z mevasini berishi shubhasiz.

 

Gulbahar Qazaqbaeva

Yuridika fakulteti ta’lim-tarbiya maslahatchisi  

 

 

Foydali havolalar