«Konstitutsiyaviy islohotlar orqali yoshlar huquqlarini mustahkamlash» mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qoshidagi Yoshlar parlamenti bilan birga «Konstitutsiyaviy islohotlar orqali yoshlar huquqlarini mustahkamlash» mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i Q.Beknazarov ochib berdi va olib bordi. Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qoshidagi parlamenti raisi o‘rinbosari S.Maxmudova, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tarixi, yoshlarga tegishli davlat siyosatining natijasi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi mutaxassisi, Oliy Majlis Senati qoshidagi Yoshlar parlamentining Qoraqalpog‘istondagi vakili Q.Seytekov chiqdi va u o‘z so‘zida yoshlarning parlamentdagi o‘rni, siyosiy harakatlardagi ishtiroki va davlat islohotlarini amalga oshirishda yoshlarning fikrlarini bilish bo‘yicha tashkillashtirilgan Oliy Majlisning yuqori palatasidagi Yoshlar parlamenti ishlari haqida tushunchalar berib o‘tdi. Shu bilan birga, davlatimiz tarafidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi respublika «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktorining birinchi o‘rinbosari E.Akbarov o‘z fikrlarini bayon qildi. Shuningdek, islohotlar respublika «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori o‘rinbosari L.Xurshimov 2022-yil 20-may kungi O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashi va Qonunchilik palatasi  Kengashining qo‘shma majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan vazifalar haqida tushunchalar berdi.

Uchrashuvda universitetimizning Fizika fakulteti talabalarining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha fikrlari tinglandi. Unda yoshlar tarafidan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlar haqida, tibbiy xizmatni rivojlantirish, ta’lim bo‘yicha takliflar berildi. O‘tkazilgan tadbirda iyun-iyul oylari davomida Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda yoshlarning o‘rnini va faolligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

 

Foydali havolalar