slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
EʼLON | | Karakalpak state university

EʼLON

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2023 yil uchun quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktoranturaga, doktoranturaga va stajyor-tadqiqotchilikga talabgorlardan hujjatlar qabul qilinishini maʼlum qiladi!

Tayanch doktoranturaga (PhD):
01.01.03 – Hisoblash matematikasi va diskret matematika;
01.04.10 – Yarimoʻtkazgichlar fizikasi;
02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi;
03.00.06 – Zoologiya;
03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi;
03.00.10 – Ekologiya;
03.00.13 – Tuproqshunoslik;
05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui;
06.01.02 – Melioratsiya va sugʻorma dehqonchilik;
06.01.03 – Agrotuproqshunoslik va agrofizika;
07.00.01 – Oʻzbekiston tarixi;
07.00.06 – Arxeologiya;
07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya;
08.00.04 – Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti;
08.00.13 – Menedjment;
09.00.01 – Ontologiya, gnesologiya va mantiq;
10.00.03 – Qoraqalpoq tili;
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik;
10.00.08 – Jurnalistika;
10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti;
11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya;
12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Maʼmuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi;
12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq;
12.00.08 – Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi;
13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha).
Doktoranturaga (DSc)
02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi;
03.00.06-Zoologiya;
10.00.03 – Qoraqalpoq tili.
Stajyor-tadqiqotchilikga:
07.00.01 – Oʻzbekiston tarixi;
07.00.06 – Arxeologiya;
07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya;
11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya.

Tayanch doktoranturaga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlardan quyidagilar talab qilinadi:
magistr darajasiga ega boʻlishi;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlishi.

Doktoranturaga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlardan quyidagilar talab qilinadi:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarga ega boʻlishi;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlishi.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
– ariza;
– qisqacha biografik maʼlumotnoma;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (tayanch doktoranturaga talabgorlar uchun);
– fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (doktoranturaga talabgorlar uchun);
– tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi (doktoranturaga talabgorlar uchun);
– nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari;
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblarining tegishli hujjat nusxasi (tayanch doktoranturaga talabgorlar uchun).

Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan ixtisosliklar boʻyicha 2023 yil uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning ham hujjatlari qabul qilinadi.
– ariza;
– qisqacha biografik maʼlumotnoma;
– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik diplomi yoxud oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (mustaqil izlanuvchilikga (PhD) talabgorlar uchun);
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari;
– fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
– ish joyidan tavsifnoma.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “Oʻzbekiston Respublkasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-son Qarorining 6-bandi talablari boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida S1 darajadagi, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.

Eslatma: Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining phd.mininnovation.uz rasmiy sayti orqali onlayn tartibda rasmiylashtirilishi hamda tegishli hujjatlar qogʻoz shaklda Qoraqalpoq davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar ayyorlash boʻlimiga topshirilishi lozim.

Hujjatlar 2022 yil 15 oktabrga qadar qabul qilinadi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Akademik Ch.Abdirov koʻchasi, 1-uy. Telefon: 0-861-223-60-62.

Foydali havolalar