slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor maxwinslot gacor 2024slot gacor terbaikslot gacor hari inihttp://ti.lab.gunadarma.ac.id/jobe/runguard/https://satudata.kemenpora.go.id/uploads/demo/
3-Dekabr nogironlar kuni munosabati bilan universitet 2-3-4-bosqish talabalari o'rtasida "Eng yaxshi talaba" tanlovini e'lon qiladi | | Karakalpak state university

3-Dekabr nogironlar kuni munosabati bilan universitet 2-3-4-bosqish talabalari o’rtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovini e’lon qiladi

Tanlovda universitetda uzliksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 1-2-guruh nogiron talabalari ishtirok etadi.

Tanlovning universitet bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘plami ta’lim olayotgan fakultet dekanati tomonidan saralanadi va oktyabr oyining 16 sanasiga qadar   hujjatlar to‘plamini komissiyasiga ya’niy ma’naviyat bo‘limiga taqdim etishlari shart.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tegishli bo‘lgan quyidagi hujjatlar to‘plami fakultet dekanati tomonidan tayyorlanadi va tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:

– tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;

– tanlov ishtirokchisining fanlarni o‘zlashtirish natijalari aks etgan hujjatlar (baholarni qayd etish varaqalari, talabaning baholarni o‘zlashtirish sinov daftarchasi) nusxalari;

 – tanlov ishtirokchisining nashr etilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy, ijodiy ishlari, ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlar bilan birga va ijodiy ishlarning elektron shakli;

 – xalqaro va respublikamiz miqiyosida o‘tkazilgan tadbirlar, tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nusxalari ilova qilinadi);

– grantlarda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, ishtirokning shakli va darajasi ko‘rsatiladi (agar mavjud bulsa);

Tanlov bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar universitet tomonidan diplom bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda      1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida, 2-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida va 3-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.

Tanlovning Respublika bosqichiga 1-o‘rin sohibi tavsiya etiladi.

Tanlov muddati: Okyabr oyining 16 sanasiga qadar   hujjatlar to‘plamini tanlov komissiyasiga ya’niy ma’naviyat bo‘limiga taqdim etishlari shart. Ko’rsatilgan sanadan kechikib taqdim etilgan hujjatlar qabul etilmaydi.

Foydali havolalar