slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://uptdlkk.kaltimprov.go.id/img/product/https://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://ditkapel.dephub.go.id/petikemas/tests/https://pmb.universitaspertamina.ac.id/popup/hari-ini/https://jdih.komnasham.go.id/img/banner/https://file.disdikbud.kaltimprov.go.id:8443/user/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor maxwinslot gacor hari inislot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor 2024
RASMIY JAVOB | | Karakalpak state university

RASMIY JAVOB

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rahbariyati ijtimoiy tarmoqlardagi ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish uchun Yurisprudensiya taʼlim yoʻnalishiga suhbat asosida emas DTM tomonidan test boʻlganligiga norozi murojaatlariga oʻz munosabatini bildirib, quyidagilarni maʼlum qiladi:

Joriy 2022/2023 oʻquv yilida universitetning ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish uchun Yurisprudensiya taʼlim yoʻnalishi uchun toʻlov-kontrakt asosida jami 50 oʻrin (20 oʻzbek, 30 qoraqalpoq guruhi) qabul kvotasi ajratildi. Abituriyentlarning hujjatlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etilgan ikkinchitalim.edu.uz elektron platformasi orqali 10 iyul – 10 avgust oraligʻida topshirildi. Hujjat topshirishning yakuni boʻyicha ushbu yoʻnalishga jami 1297 (987 – oʻzbek, 310 – qoraqalpoq guruhi) nafar abituriyent hujjat topshirdi. Mazkur holatdan kelib chiqqan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining joriy yil 19 avgust kungi №1/10-50-sonli xati bilan ushbu yoʻnalishga hujjat topshirgan abituriyentlar sonining keskin koʻpayganligi, korrupsion holatlar hamda noroziliklarning oldini olish maqsadida Davlat test markazi tomonidan test sinovlari oʻtkazish hamda shu asosda qabul qilish tavsiya etildi.

Universitet rahbariyati test oʻtkazish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni tashkil qildi hamda joriy yilning 16-17 sentabr kunlari Davlat test markazi tomonidan test sinovlari oʻtkazildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil, 24-sentabrdagi 606-Qaror bilan tasdiqlangan Nizomda kirish imtixoni shaklini tashkil qilish oliy taʼlim muassasasi xususiyatidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan belgilanishi qayd etilgan. Davlat test markzi tomonidan oʻtkazilishi amaldagi huquqiy-meʼyoriy hujjatlarga zid emas, deb hisoblaymiz.

Foydali havolalar