Manzil: 230112, Nukus shahri, Almazar ko`chasi, 223-uy.
Telefon: +998 (90) 576-62-76
|
Fakultet dekani:Embergenov Naurızbay JanabaevichGeografiya fanlari nomzodi, docent
|
Кафедралар
Oquv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari:
Joldasov Axmet Saginbaevich
Telefon: +998 (90) 375-78-24
E-mail: axmet1075@mail.ru
Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari), 09:00 dan 13:00 gacha
Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari:
Tairov Bexzod Sabitovich
Telefon: +998 (91) 267-18-18
E-mail: bek_tai.uz@mail.ru
Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari), 14:00 dan 18:00 gacha
Oquv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari:
Auezov Anvar Cuyindikovich
Telefon: +998 (99) 950-32-18
E-mail: anvarawezov@gmail.com
Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari), 14:00 dan 18:00 gacha
Fakultet tarixi
Fakultet ilk bor 1943 yili O`qituvchilar institutining tarkibida tabiatshunoslik-geografiya bo`limi bo`lib tashkil etildi va 1948 yildan boshlab ushbu nom bilan fakultetga aylantirildi.
1976 yili Qoraqalpoq davlat universitetining tashkil etilishi bilan Tarix-geografiya fakulteti etib qayta tashkil etildi.
Geografiya kafedrasi 1982-1986 yillari Tabiatshunoslik fakulteti, 1986-1993 yillari yana Tarix-geografiya fakulteti tarkibida bo`ldi. Fakultet atamasi 1993-1997 yillar Biogeografiya fakulteti, 1997-2011 yillar Tabiatshunoslik fakulteti, 2011-2015 yillar Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti, 2015 yildan boshlab Tabiatshunoslik fakulteti bo`lib o`zgardi.
Geografiya kafedrasi 2019 yili 10 iyun sanasidan boshlab Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti etib tashkil etildi. Ushbu fakultetga 2015 yildan boshlab geografiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko`rsatib kelgan geografiya fanlari nomzodi, docent N.J.Embergenov dekan lavozimiga tayinlandi. Daslab fakultetda 2 ta kafedra: «Geografiya va gidrometeorologiya» hamda «Geodeziya, kartografiya va tabiiy resurslar» kafedralari tashkil etildi. 2020 yilning oktyabr oyidan boshlab «Geografiya va gidrometeorologiya» kafedrasi 2 kafedraga: «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya» va «Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya» kafedralariga ajratildi.
Fakultetda 4 ta`lim yo`nalishi bo`yicha jami 950 dan ortiq talabalar va 4 magistratura mutaxassisligida 50 magistrant tahsil olmoqda. Shuningdek, fakultetda 1 tayanch doktorantura mutaxassisligi mavjud.
Bakalavr ta`lim yo`nalishlari:
5140600 – geografiya;
5140700 – gidrometeorologiya;
5311500 – geodeziya, kartografiya va kadastr;
5311900 – neft va gaz ishi.
Magistratura mutaxassisliklari:
5A 140602 – Geografiya
5A 140702 – Gidrometeorologiya
5A 313401 – Geodeziya va geoinformatika
5A 311901 – Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish
Tayanch doktorantura:
11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Professor-o`qituvchilar tarkibi
Fakultet kafedralarida ilmiy va o`quv-uslubiy faoliyatni 29 nafar o`qituvchi, shu jumladan 3 fan doktori, 8 fan nomzodi va 18 assisten-o`qituvchilar olib bormoqdalar. Hozirgi kunda fakultetda yosh mutaxassislarni tayyorlashda fan doktorlaridan R.Ballieva, I.Turdimambetov, R.Xojamuratovalar, fan nomzodlaridan P.Reymov, S.Abdreymov, K.Allanazarov, G.Xodjaeva, R.Qurbanbaev, N.Embergenov, O.Sultashova va Ya.Xudaybergenovlar faoliyat yuritmoqda.
O`quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyati
Fakultet professor-o`qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari yaxshi yo`lga qo`yilgan. 2020 yili R.Xojamuratova o`zining «Комплексная оценка мелиоративных и гидроэкологических водных ресурсов Республики Каракалпакстан и путь самосовершенствования» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini (DSc), 2021 yili Ya.Xudaybergenov «Janubiy Orolbo`yining cho`llashayotgan hududlaridagi geotizimlarning o`zgarishini tadqiq etish» mavzusida doktorlik ishini (PhD) himoya qildi. Shuningdek, so`nggi 3 yil davomida fakultet professor-o`qituvchilari tomonidan 3 monografiya, 20 dan ortiq darslik va o`quv-qo`llanmalar chop etildi va 60 dan ortiq maqolalar ilmiy jurnallarda: shundan 20 maqola chet el nufuzli ilmiy jurnallarida va 5 maqola xalqaro bazalardagi (scopus, web-of-science, googleschoolar) jurnallarda, 200 dan ortiq maqola va tezislar xalqaro va respublika miqyosidagi konferentsiya materiallari to`plamlarida chop etildi.
Xalqaro loyihalar va davlat grantlari
Fakultetda g.f.d. I.Turdimambetov rahbarligida davlat mablaǵlari hisobidan moliyalashtirilgan «FZ-201908019 – Qoraqalpogiston Respublikasini tibbiy-geografik vaziyatini yaxshilashda nozogeografik xaritalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish» mavzusida 2020-2022 yillarga mo`ljallangan, jami qiymati 690 mln sum miqdoridagi amaliy loyiha bajarilmoqda.
Songgi 3 yilda 3 ta halqaro grant amalga oshirilmoqda. Jumladan:
- Ilmiy rahbar doc. P.Reymov «561590-EPP-1-2015-1 SK-EPPKA2-CBHE-JP ECAP: «Усовершенствование компетенции вузов ЦА в области сельскохозяйственной (аграрной) политики по охране окружающей среды и управления ресурсами» mavzusida. Moliyaviy bazasi 570105 evro .
- Ilmiy rahbar doc. S.Abdireymov «585382-EPP-1-2017-1-SE-EPPKA2_CVHE-JP-EPKA: Защита окружающей среды в Центральной Азии: Управление рисками стихийных бедствий с использованием космических методов. в 2017-2020 годах», 2017-2020 yillarga mo`ljallangan. Moliyaviy bazasi 5843010 evro.
- Ilmiy rahbar doc. P.Reymov «Doctoral Studies in Geoinformation Sciences/DSinGIS» mavzusida. 2017-2020 yillarga mo`ljallagan. Moliyaviy bazasi 902 105 evro.