Xodjaeva Gulya Ashirbaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.

1968-yili 8-martta Taxiyatosh shahrida tug’ilgan. 1990-yili Nukus davlat universitetini tamomlagan. 1998-yili «Геодемографическая ситуация и регулирование развития населения Каракалпакстана» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 120 dan ortiq ilmiy mehnatlari chop etilgan. Shundan 1 monografiya, 2 o’quv qo’llanma, 4 o’quv-metodik qo’llanmasi bosmadan chiqqan. Universitetda 1990-yildan boshlab ishlab kelmoqda. 2020-yildan boshlab, İqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

 

 

 

Turdimambetov İzimbet Raxmetovich, geografiya fanlari  doktori, dotsent.

1976-yili 16-sentyabrda Xo’jayli  tumanida tug’ilgan. 1998-yili Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. 2005-yili «Медико-географический анализ дельты Амударьи и улучшения ее санитарно-гигиенической ситуации» mavzusida nomzodlik, 2016-yili «Социально-экономические особенности улучшения нозогеографической ситуации РК» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari, 1 monografiya, 1 darslik, 10 dan ortiq metodik qo’llanmalari bosmadan chiqqan. İlmiy faoliyati davomida Rossiya Federatsiyasi, Avstriya, Turkiya va Qozog’iston davlatlarida ilmiy seminar va konferentsiyalarda qatnashdi. Hozirgi kunda kafedra qoshida tashkil etilgan 11.00.02-İqtisodiy va ijtimoiy geografiya tayanch doktorantura mutaxassisligi bo’yicha shogirdlar tayyorlamoqda. 1998-yildan universitetda ishlab kelmoqda. 2018-yildan boshlab Qoraqalpoq davlat universiteti  İlmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori lavozimida ishlamoqda.

 

 

 

Embergenov Naurızbay Janabaevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.

1976-yili 12-mart sanasida Xo’jayli tumanida tug’ilgan. 2004-yili Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. 2011-yili «Qoraqalpog’iston Respublikasi aholisining o’sishi va joylashishidagi o’zgarishlar» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 100 dan ortiq ilmiy mehnatlari nashrdan chiqqan. Shundan 1 o’quv qo’llanma va 3 o’quv-metodik qo’llanmasi bosmadan chiqdi. 2008-yili Misr mamlakatining Kohira demografik markazini tamomlagan. İlmiy faoliyati davomida Avstriya, Misr, İspaniya, Slovakiya va Qozog’iston davlatlarida ilmiy seminar, konferentsiyalarda qatnashdi. 2004-yildan universitetda ishlab kelmoqda. 2019-yildan boshlab Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti dekani lavozimida foaliyat yuritmoqda.