slot demo gratisslot gacor gampang menangSLOT DEMOslot pulsahttps://uptdlkk.kaltimprov.go.id/img/product/https://e-learning.iainponorogo.ac.id/thai/https://organisasi.palembang.go.id/userfiles/images/https://ditkapel.dephub.go.id/petikemas/tests/https://pmb.universitaspertamina.ac.id/popup/hari-ini/https://jdih.komnasham.go.id/img/banner/https://file.disdikbud.kaltimprov.go.id:8443/user/https://lms.binawan.ac.id/terbaik/slot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor maxwinslot gacor hari inislot gacor terbaikslot gacor maxwinslot gacor 2024
Seminarlari | Karakalpak state university

Seminarlari

DECIDE LOYIHASINING DASTLABKI YIG’ILISHI

 2019 yil 11-12 fevral kunlari Al-Farobiy nomidagi Qozoqiston Milly universiteti kutubxonasida Evropa mintaqasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlari ishtirokida «Nogironlar uchun xizmatlarni rivojlantirish» ERASMUS+CBHE loyihasining dastlabki yig’ilishi bo’lib utdi.

DECIDE loyihasi – Boloniya jarayoni va BMT konventsiyasiga muvofiq maxsus ehtiyojga ega bo’lgan shaxslarning ta’lim olish imkoniyatlarini va jamiyatning kundalik hayotida ishtirok etish huquqlarini, tushunish va qabul qilishni rivojlantirish orqali maxsus ehtiyojlarga ega bo’lgan shaxslarni kamsitishlarga qarshi kurashishga qaratilgan.

Uchrashuvni Al-Farobiy nomidagi Qozoqiston Milliy universiteti birinchi prorektori, akademik Muxamatkali Burkitbaev ochdib berdi.

Shundan so’ng DECIDE loyihasi koordinatori, Brasov shahridagi Transilvaniya universiteti professori Angela Repanovisi so’zga chiqdi. U birinchi yig’ilish qatnashchilariga tabrik nutq so’zladi va Oliy ta’lim hamda umuman jamiyatni rivojlantirish uchun bunday muhim loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga umid qildi. Uchrashuvda loyihaning asosiy vazifalari, moliyaviy va boshqaruv masalalari, vazifalarni taqsimlash, shuningdek uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlar va kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.

 Uchrashuvda Brasov shahridagi Transilvaniya universiteti, London Middlseks universiteti (Buyuk Britaniya), Limerik Texnologiya instituti (Irlandiya), Dresden Texnika universiteti (Germaniya), Krit (Gretsiya) universiteti va Markaziy Osiyo hamkor-universitetlari ishtirok etdi. Dastlabki uchrashuv yoqori saviyada va do’stona muhitda o’tkazildi.

 

2019 YIL 25-29 MART KUNLARI GERMANIYA DREZDEN TEHNIKA UNIVERSITETIDA MAXSUS MAQSADLARGA YO‘NALTIRILGAN INGLIZ TILI BOYICHA TRENING

 2019 yil 25-29 mart kunlari Germaniya (Drezden) Drezden tehnika universitetida DECIDE «Nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish» loyihasi, ERASMUS+ dasturi doirasida «Mahsus maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tili» treningi bo‘lib o‘tdi.

Treningda Transilvaniya Universiteti vakillari, Middleseks Universiteti (Birlashgan Qirollik), Limerik Tehnologiya instituti (Irlandiya), Drezden tehnika universiteti (Germaniya), Krit universiteti (Gretsiya), Markaziy Osiyo hamkor universitetlari va muassasalari qatnashdilar. Yig‘ilish do‘stona va ishbilarmonlik muhitida bo‘lib o‘tdi.

 Trening davomida loyihaning yevropalik hamkorlari bilan nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq quyidagi savollar o‘rganildi va ko‘rib chiqildi:

 

  1. Bazaviy tomondan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan ishtirokchilarni umumiy ingliz tiliga o‘qitish.
  2. Xalqaro siyosatning nogironlar bilan bog‘liq masalalari asoslariga kirish: BMTning nogironlar haq-huquqlari oid konvensiyasi.
  3. Autizm kasalligi bilan og‘rigan talabalarni o‘qitish.
  4. Ijtimoiy, emotsional, xulq-atvor qiyinchiliklari (terminologiya va standartlar) – nazariy va amaliy istiqbollar.
  5. Alohida ehtiyojlarga muhtoj kishilarga kutubxona xizmatlari. Atamalarni glossariy qilish va ularni aniqlash.
  6. Kutubxonadan foydalanish: axborot savodxonligi va tadqiqot fanlari uchun terminologiya.
  7. Ko’rish qobiliyatida muammosi bo’lgan talabalarni o’qitish, yordamchi texnologiyalar.
  8. Kutubxonadan foydalanish: strategiya va tarmoqdagi qidiruv taktikasining terminologiyalari / tanqidiy baholovchi axborot resurslari / iqtiboslarga havola keltirish va plagiatni bartaraf etish.

 

 

Foydali havolalar