Germaniyalik o'qituvchi ingliz tilidan dars beryapti | | Karakalpak state university

Germaniyalik o’qituvchi ingliz tilidan dars beryapti

Yoshlar orasida xorijiy tillar bilimini oshirish bo’yicha yurtimiz ta’lim muassasalarida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bizning Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetimizning chet tillar fakultetida ham Koreya va Germaniya davlatlaridan ko’ngilli o’qituvchilar talaba-yoshlarga bilim ulashib kelmoqdalar.

Germaniyalik o’qituvchi Hans Passman joriy o’quv yilida ingliz tili  va  adabiyoti kafedrasi talabalariga ilm ulashish maqsadida yana bir bor tashrif buyurdi.

Germaniya davlatining «Senioren Expertten Service» tashkiloti tomonidan ko’ngilli o’qituvchi sifatida dunyoning bir qancha davlatlarda bo’lgan Hans Passman, bilimga chanqoq talabalarga ilm-ziyo ulashish sharafli vazifa ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Ingliz tilida bo’lib o’tgan har bir suhbat yoshlarning shu kungacha egallagan bilimlarini mustahkamlashga va sinab ko’rishga katta yordam bermoqda. Bundan tashqari, germaniyalik o’qituvchi tomonidan o’tilgan darslar fakultetimiz o’qituvchilari uchun ham tajriba maktabi vazifasini bajarmoqda.

Ramil Khojamuratov,

ingliz tili  va  adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi.

 

Foydali havolalar