https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
#ona_tilim_faxrim 30 yillik shodiyona    | | Karakalpak state university

#ona_tilim_faxrim 30 yillik shodiyona   

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti axborot-resurs markazida “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona-tilim!” deb nomlangan tadbir bo`lib o`tdi.

Mazkur kechani universitetning xotin-qizlar boshlang’ish tashkiloti boshlig’i Injayim Seytnazarova ochib berdi va barcha talaba hamda tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi.

Kechada “Kitobxonlar klubi” a`zolari til haqida bir qancha she`rlar va ma`lumotlar aytib, kechani davom ettirishdi. Ayniqsa, klubning iqtidorli talabasi Nilufar Yuldashovaning “Vatan” nomli jonli ijrodagi qo`shig`i kechaga o`zgacha joziba bag`ishladi.

Kecha oxirida guruh a`zolariga viktorina savollari berilib, viktorina g`olibiga kitobxonlar klubi rahbari R.Kalmurzayeva tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, kechada klubning faol a’zolariga “Yoshlar ittifoqi ko`krak nishoni” va klubga a`zolik guvohnomalari tantanali tarzda o`z egalariga tuhfa etildi.

Dilafruz Obloqulova,   

Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti talabasi.

Foydali havolalar