https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
QDU da akademik B. Mambetnazarovning 80 yilligiga bag`ishlagan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo`lib o`tti | | Karakalpak state university

QDU da akademik B. Mambetnazarovning 80 yilligiga bag`ishlagan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo`lib o`tti

2023 yil 17 mart kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpog`iston Respublikasiga xizmat ko`rsatgan fan arbobi, birinchi darajali mehnat fidoyisi, qishloq xo`jaligi fanlari doktori, professor, akademik Mambetnazarov Bisenbay Satnazarovichning 80 yillik yubileyiga bag`ishlangan «Orolbo`yi hududida qishloq xo`jaligi va bioekologik tadqiqotlarning innovatsion asoslari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo`lib o`tti. Konferentsiyaning plenar majlisiga Respublikamizdagi barcha Oliy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari, ilmiy tadqiqot institutlari olimlari, shuningdek Qozog`iston, Tojikiston davlatlaridan kelgan mehmonlar qatnashdi. Konferentsiyada bayanotchilar  qishloq xo`jaligi va bioekologik tadqiqotlar bo`yicha olib borilgan ishlar haqida bayanot qilishdi va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi. Shuningdek, konferentsiyada akademik B.S.Mambetnazarovning hayot yo`li va ilmiy pedagogik xizmatlari haqida ham ma`lumotlar aytib o`tildi. Konferentsiya tabriklar va o`tgan xotiralarni yod olib qizg`in davom etdi.

 

Foydali havolalar