Muhtaram Yurtboshimizning aholini, ayniqsa, yoshlarimizni kitob o’qishga qiziqtirish bo’yicha “Yoshlarning kitob o’qishga qiziqishini orittirish, ularni kitob bilan do’st etish, barchaning kitob o’qish darajasini kuchaytirishga katta e’tibor qaratish kerak”, degan edi.
Shu maqsadda, Qoraqalpoq davlat universiteti Tabiatshunoslik fakultetida axborot-resurs markazi tomonidan «Axborot-resurs markazi kitobsevarlar xizmatida» mavzusida uchashuv va kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Ko’rgazmada universitet professor-o`qituvchilarining so`ngi yillarda nashrdan chiqqan kitoblari hamda biologiya, ekologiya, geografiya, geodeziya sohalari bo`yicha yangi nashrdan chiqqan kitoblar va shu sohalar bo`yicha chet el adabiyotlari namoyish etildi.
Ko’rgazma davomida «Axborot-resurs markazi» xodimi A.Aluchiev tarafidan Axborot-resurs markazinda hujjatlarni oraliqdan elektron yetkazib berish, ARMAT++ dasturini http://armat.edu.uz sayti orqali o`qituvchi va talabalarning elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari bo`yicha tushunchalar berildi.
Bunday ko’rgazmalar nafaqat fakultetimizda, balki, butun respublika bo’ylab davom etmoqda.
O.Raximbayev,
Tabiatshunoslik fakulteti Yoshlar ittifoqi
guruh yetakchisi, JTK a`zosi.