https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Qizlari bor bizning yurtning | | Karakalpak state university

Qizlari bor bizning yurtning

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining madaniyat saroyida  Zulfiya nomidagi davlat mukofatining 2019-yilgi sohibasi Sapura Qayipnazarova bilan «Qizlari bor bizning yurtning » mavzusida uchrashuv kechasi bo`lib o’tkazildi.

Uchrashuvni unuversitet rektori A.Reymov ochib berdi va olib bordi.

Unda proffesor-o`qituvchilar, talaba-yoshlar qatnashdi.

Ushbu tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Xotin-qizlar masalalari bo`yicha kotibiyati boshlig`i G.Baxieva, Qoraqalpoq davlat universiteti Xotin-qizlar boshlang`ich tashkiloti raisi I.Seytnazarovalar so`zga chiqdilar.

– Zulfiya nomidagi davlat mukofati bu – bir tarafdan mening o’z bo`lsada yutuqlarimga  munosib baholanishi deb o`ylayman ikkinchi tarafdan yangi maqsadlarga erishish uchun vazifa bo`lib hisoblanadi. Shunday ekan, oldimizdagi ona Vatanimizning rivojlanishi uchun o`z hissamni qo`shishda bor kuchimni sarflab xizmat qilaman,-deydi qo`l jangi bo`yicha Osiya chempioni, Zulfiya nomidagi davlat mukofatining sohibasi S.Qayipnazarova.

Tadbir davomida ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar olishdi va o`z fiklarini bildirishdi.

O.Raximbayev,

Tabiatshunoslik fakulteti Yoshlar ittifoqi

guruh yetakchisi, JTK a`zosi.

 

Foydali havolalar