https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
O'zbekistonning Germaniyadagi elchixonasining vakili QDUda | | Karakalpak state university

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasining vakili QDUda

Bugun O‘zbekistonda 8 mln.dan ortiq nemis millatiga mansub yoshlarimiz yashamoqda. Madaniyati va urf-odatlarini saqlab, rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 400 mingdan ortiq o‘quvchi nemis tilini o‘rganmoqda. Toshkent, Samarqand va Buxorodagi maktablarga ulug‘ nemis olimlari va yozuvchilarining nomi berildi.

Toshkentdagi Gyote instituti, Konrad Adenaur va Fridrix Ebert nomidagi Germaniyalik akademiklar almashish xizmati (DAAD) elchixonalari va boshqa tashkilotlar xalqlarimiz orasidagi madaniy aloqalarning rivojlanishiga ulush qo‘shmoqda. Toshkent shahrida va bir qancha viloyatlarda bo‘limlari bo‘lgan «Vidergeburg» nemis madaniyat saroyi, «O‘zbekiston-Germaniya» do‘stlik jamiyati ish olib bormoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonda Germaniya fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim ahamiyatli voqealardan bo‘ldi. Bu mamlakatimizga keladigan turistlar, biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan investorlar va boshqalarga katta qulaylik yaratdi.

Shunday o‘zaro birga hamkorlikning davomi sifatida shu yilning 28-iyun sanasida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasining ilm, ta‘lim bo‘yicha vakili Mavlon Mamirov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi.

Mehmon universitet rektori tomonidan ochiq yuz bilan kutib olindi.

Uchrashuvda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Ibragimov tomonidan mehmonga universitet haqida, universitetning o‘quv, ilmiy, xalqarolik va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma‘lumot berildi.

Mehmon M.Mamirov ham o‘z navbatida universitetda nemis tilini o‘rgatish markazi va nemis adabiyoti bo‘yicha kutubxona tashkillashtirish bo‘yicha o‘zaro kelishib olishdi.

Shunindek, vakil M.Mamirov universitetga Germaniyaning taniqli universitetlari, ilmiy institutlari bilan birga ishlashishni,  professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlarning Germaniyada bilim va ko‘nikmalarini orttirishda yaqindan yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.

B.Abdulamitov,

Matbuot xizmati amaliyotchisi.

Foydali havolalar