https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
QQDU professor-o'qituvchilari va talabalari Qozon shahridagi yakuniy xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi | | Karakalpak state university

QQDU professor-o’qituvchilari va talabalari Qozon shahridagi yakuniy xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

Qurilish fakulteti o’qituvchisi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Rustam Eshniyazov, jurnalistika kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Baxitbay Paluanov, arxitektura fakulteti 4-kurs talabasi Rasul Xudaynazarov va qurilish fakulteti 3-kurs talabasi Humoyun Bo’ranbaevlar Erasmus dasturining «Muhandislik yashil qurilishi sohasida o’quv rejasini modernizatsiya qilish – GREB» loyihasining 11-12 sentyabr kunlari Qozon shahrida (Rossiya Federatsiyasi) bo’lib o’tgan xalqaro konferensiyasida ishtirok etishdi.

Konferensiyaning asosiy kunlari 11-12 sentyabr kunlari bo’lib o’tishiga qaramay, konferensiya 9-sentyabrdan boshlandi. Shu kuni professor-o’qituvchilar va talabalar Qozon Davlat arxitektura va qurilish universitetiga tashrif buyurishdi. Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig’i Olga Poroshenko va Gulmeeva Liliya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Olga Yuryevna va Liliya Ildusovna yaqinlashib kelayotgan konferensiya dasturini batafsil tushuntirib berdilar va Rustam Naurizbaevich bilan birgalikda talabalar va o’qituvchilar almashinuvi bo’yicha kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

10-sentyabr kuni ertalab soat 9 da universitet a’zolari va Evropa universitetlarining turli universitetlari va tadqiqot markazlaridan kelgan xalqaro ekspertlar, Italiyaning l’ Akuilla universiteti tashkilotchilari va loyiha koordinatorlari o’rtasida kordinatorlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. Shuningdek, uchrashuvda QDAQU rektori, professor Rashit Nizomov ishtirok etdi. Universitet rektori Rashid Qurbongaliyevich mehmonlarni, ayniqsa, o’zbekistonlik ishtirokchilarni «imon va til bo’yicha birodarlar» deya samimiy iliq qabul qildi. Uchrashuvda mazkur loyihaning natijalari va yutuqlari muhokama qilindi.  Koordinatorlar o’z ishlarini taqdim etdilar. Uchrashuvdan keyin tushlik bo’ldi. Tushlikdan so’ng tashkilotchilar ishtirokchilarni Ivan Grozniy tomonidan qurilgan shaharning asosiy diqqatga sazovor joyi bo’lmish Qozon Kremliga olib bordilar. Ekskursiyani professional yo’lboshchisi va tarjimon Dilyara Sharifullina tomonidan o’tkazildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar Tataristonning asosiy diniy markazlari  kul-Sharif masjidi va Blagoveshcenskiy soboriga tashrif buyurishdi. Ikki xil dinning bu ikki asosiy binosining bir joyda joylashishi, pravoslav va Islom imonlilari o’rtasida bag’rikenglik va tinchlik ramzini anglatadi .  Shundan so’ng ishtirokchilar Suyumbike minorasiga (58 metr balandlikda va afsonaga ko’ra, bir hafta ichida qurilgan) va Ermitaj filialidagi Oltin O’rda arxeologik ko’rgazmasiga tashrif buyurdilar.  Kunning oxirida ishtirokchilarga shahar ichida sayr qilish va bir-birlari bilan yaxshiroq tanishish uchun bo’sh vaqt berildi.

11 – sentyabr kuni konferensiya rasman o’z ishini boshladi. 9.30 da konferentsiyaning birinchi sessiyasi boshlandi. Ushbu Konferensiyani loyiha boshqaruvchisi L’ Akuilla universiteti professori Anna Tozzi ochdi. Unda QDAQU rektori, professor Rashit Nizomov va Tatariston qurilish vaziri o’rinbosari Kudryashev Vladimir so’zga chiqib o’z tabriklarini yo’lladilar.

Unda Progressive Architect Institute (Ispaniya)dan Rodrigo Aguirre, qurilishda 3D texnologiyalaridan foydalanish haqida taqdimot o’tgazdi. Nutq so’ngida u ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi. Keyin birinchi rasmiy tushlik bo’ldi. Tushlikdan so’ng, ishtirokchilar YUNESKOning madaniy merosi bo’lgan Sviyazhsk oroliga ekskursiya qilishdi. Orolda yog’och uylar muzeyi, Uspenskiy va Sviyazh monastirlariga tashrif buyurdilar. Konsortsiumga tashrifdan so’ng Toshkent, Moskva va Astraxan universitetlarining professor-o’qituvchilari so’zga chiqdilar. Kunning oxirida ishtirokchilar rus oshxonasining mazali taomlari bilan tanishdilar.

12 – sentyabr kuni QDAQU tadqiqot markazlari bo’ylab ekskursiya bilan boshlandi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar universitetning o’quv jarayoni va ilmiy-texnik yutuqlari bilan tanishdilar. Ekskursiyadan so’ng ishtirokchilar Garvard universiteti professori Hanif Karaning arxitektura va qurilish va zamonaviy qurilish dizayn muammolari haqidagi ma’ruzasini tingladilar. So’ngra «kofe tanaffus» uchun qisqa tanaffusdan so’ng, Moskva Arxitektura va Qurilish Universiteti, Arxitektura va Qurilish Qozon Davlat Universiteti, Astraxan Davlat Urxitektura va Qurilish Universiteti va Qoraqalpoq Davlat Universiteti talabalari o’z loyihalarini taqdim etdi. Taqdimot so’ngida talabalarimiz eng yaxshi ishtirokchilaridan  biri sifatida e’tirof etildi. Taqdimot davomida talabalarimiz kiygan milliy uslubda bezatilgan liboslari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.  Tushlikdan so’ng, ishtirokchilar Toronto universiteti professori Bridget Shinning “arxitektura va qurilish sohasida yog’och inshootlarning barqaror rivojlanishi” haqida ma’ruza qildi. Ma’ruzadan so’ng «Kazan Arena» stadioniga tashrif uyushtirildi. Bu stadion loyihasida   QDAQU professorlari ishtirok etishgan. Ekskursiyadan so’ng ishtirokchilar tatar taomlari va tatar madaniyati bilan tanishdilar.

13 sentyabr kuni Innopolis shahriga ekskursiya tashkil etildi. Ushbu shahar Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedevning loyihasidir. Shahar 2015 yilda innovatsion texnologiyalar markazi sifatida qurilgan. Shaharda dasturlash sohasida 3000 kishi ishlaydigan maxsus iqtisodiy zona mavjud. Shuningdek, mintaqada Google, Microsoft, Yandex, Alibaba, Huawei kabi yirik global kompaniyalarning ofislari mavjud. Shuningdek, shaharda IT talabalarini tayyorlaydigan bir xil nomdagi universitet mavjud. Universitet dasturlash sohasida eng mashhur biri hisoblanadi va unda 35 mamlakatdan 80ga yaqin o’qituvchi va  50 ta mamlakatdan 650 talaba tahsil olishadilar.

14-sentabr kuni O’zbekiston va QDAQU o’qituvchilari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda O’zbekiston va Rossiya Oliy o’quv yurtlari o’rtasidagi yaqin hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv so’ngida QDAQU o’qituvchilari kitoblar sovg’a qilishdilar.

GREB loyihasi 2016-yilda Yevropa Ittifoqining ERASMUS dasturi asosida tashkil etilgan. Loyihaning maqsadi Yevropa, Rossiya, Mo’g’uliston va O’zbekistonning turli Oliy o’quv yurtlari va ilmiy markazlaridan arxitektura va qurilish sohalarida mutaxassislar, o’qituvchilar, talabalarni aqlli uy va yashil binolar loyihalarini ishlab chiqish uchun hamkorlikka jalb qilishdan iborat.

R.Еshniyazov, B.Paluanov,

Х.Boranbaev, R.Qudaynazarov,

konferentsiya ishtirokchilari.

Foydali havolalar