https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Talabalar amaliyotda | | Karakalpak state university

Talabalar amaliyotda

Yurtimizda har yili oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalarini o’z mutaxassisligi bo’yicha tegishli joylarga amaliyot o’tash uchun jo’natish odat tusiga kirgan.

Shu qatorda joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlab Berdaq nomidagi QDU chet tillari fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti mutaxassisligi bitiruvchi kurs studentlari ham Nukusda joylashgan “Qoraqalpog’iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi”da o’z amaliyotlarini o’tab kelishmoqda.

Bu yerda ularning amaliyot rahbari Da`wenova Rayxon talabalarni muzey va undagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirib kelmoqda. O’quvchi-yoshlar bu amaliyot davrida xalqimizning tarixi, yashash sharoiti va boshqa shu singari bebaho ma’lumotlarga ega bo’lishmoqdalar.

Bu amaliyot davomida o’rgangan har bir bilimi talabalarimizga kelajakda o’z kasbining etuk ustasi bo’lishida o’z foydasini beradi degan umiddamiz.

Go’zal Tulegenova,

Tarjima nazariyasi va amaliyoti mutaxassisligi 4-kurs talabasi.

Foydali havolalar