https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Chet tillari fakulteti talabalari pedagogik amaliyotda | | Karakalpak state university

Chet tillari fakulteti talabalari pedagogik amaliyotda

Chet tillari fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi 4-bosqich ya’ni 401,402 va 416- guruh talabalari pedagogic amaliyot o’tash uchun yig’ilishdi. Dastlab, talabalarga metodistlar Najimova Gulayim, Tolewbaeva Aliya va Asenov Nurlan amaliyot haqida ma’lumotlar va uni qanday o’tash to’g’risida to’liq yo’l-yo’riqlar berib o’tishdi. Shuningdek, fakultetimiz dekani Kurbanbaev Djavod ham talaba yoshlarga bu pedagogik amaliyotning ahamiyati va qanchalik muhimligi haqida gapirib o’tdi va albatta biz yoshlarga omad va zafarlar tiladi. Majlis davomida talabalar o’z savollariga metodistlardan javoblar oldi va kerakli hujjatlarni qanday tayyorlash va darslarni qanday olib borish to’g’risida ham ma’lumotlarga ega bo’lishdi. So’ngra, talabalarning barchasi Nukus shahrida joylashgan 32-sonli umumta’lim maktabiga borishdi va maktab o’qituvchilari bilan tanishdi. Maktab xodimlari talabalarga maktab direktori va ingliz tili o’qituvchilarini tanishtirdi va talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Talabalarning barchasi metodistlar tomonidan belgilangan sinflarga bekitilgan holda kichik guruhlarga bo’linishdi va ushbu bir hafta davomida darslarga faqat tahlil qilish uchun qatnashishi aytildi.

      Biz talabalar ushbu pedagogik amaliyot davomida o’z kelajagimiz poydevorini quramiz degan umiddamiz va barcha imkoniyatlardan unumli foydalangan holda barcha ishlarga faol qatnashishga harakat qilamiz.

 

                                                                  Chet tillari fakulteti 4-bosqich talabasi

                                                                                Endirova Mohira    

 

 

 

Foydali havolalar