GREB seminarlari | Karakalpak state university

GREB seminarlari

QDU oqıtuvchısı Avstriyadagı seminarga qatnashıb qaytdı.

 

2017 yil 21-25 mart kunlari Erasmus+ dasturi doyrasida tuzilgan GREB loyihasining navbatdagi o’quv-amaliy seminarı Avstriya davlatining Zalcburg amaliy fanlar universitetida bo’lib o’tdi.

Unga Berdaq nomidagi QDUning texnika fakulteti arxitektura va shaharsozlik kafedrası boshlıg’ı B.Qıdırbaev ishtirok etib qaytdi.

Seminarning birinchi kuni loyiha tashkilotchilari ishtirokchilar guruhi azolarini rasmiy turda kutib oldi va universitetning asosiy va tayanch imoratlari bilan tanıshtirdi. Bunnan keyin 5 kunlik seminar rejasi asosida tashkillashtirilgan o’quv kursları o’z ishini boshladi.

22-23 mart kunlari loyiha ishtirokchilari Grac shahrida bo’lib, qurilish ishlari bo’yicha tibbiyot universitetining qurilish ishlari, HOG arxitektura byurosida arxitektura loyihalari bilan tanishdi va shaharda qurilgan energiya tejamli imoratlari bo’yicha ekskurciyalar tashkillashtirildi.

24-mart kuni universitetda aqilli imorat loyihasi bo’yicha uquv dasturlarini qanday amalda qo’llash mumkinligi bo’yiсha ko’rib chiqildı. Shuningdek, seminarga Rossiya, Mug’ilistonnan qatnashgan professor-o’qituvchilar bilan bir qatorda QDU o’qituvchisi B.Qıdırbaev o’zining prezentaciyasini namoyish etdi.

25-mart kuni universitet rektorı bilan uchrashuv bo’lib o’tdi va mutahasislar kelib, izlanishlar va qurilish loyihalarining prezentaciyalari bo’lib o’tdi.

Seminar yuqori darajadagi tashkillashtirilganlik bilan yakunlandi.

Toshkent axborat texnologiyalari universitetida GREB loyihasining seminarı bo’lib o’tdi

2017 yil 21-22 iyun kunlari Toshkent axborat texnologiyalari universitetida GREB loyihasining birinchi o’quv-amaliy seminarı bo’lib o’tdi.

Seminarni O’zbekstondagi Erasmus Milliy ofisi (NEO) kordinatori A.Abdiraxmanova, GREB loyihasi kordinatorı, italiyalik professor, L.Akuila universiteti prorektorı Anna Tozzi va boshqalar so’zga chiqib o’zlarining bilim-tajriybalarini bo’lishishti.

Seminar davomida muhandislik ta’lim, toplangan  tajriybalarni o’z-aro almashish, aqilli imoratlarni qurish bo’yicha filirlashishlar bo’lib o’tdi. Seminarda treyninglar tashkillashtirilib o’z-aro diskussiyalar bilan davom etdi.

Italiyaning L’Aquila universitetida GREB  loyihasining o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi

Evropa ittifoqining Erasmus + dasturi bo’yicha tuzilgan GREB  loyihasi doyrasida 2017 yil 24-25 oktabr kunlari Italiyaning L’Aquila universitetida o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi.

Unda loyiha doyrasidagi oliy ta’lim mu’assasalarining professor o’qituvchilari qatnashdi. Seminarni L’Aquila universiteti rektorı, professor Paola Inverardi ochib berdi. Bunnan keyin GREB  loyihasi kordinatorı,  professor Anna Tozzi,  Dr. Massimiliano D’Innosenso so’zga chiqdi.

 Bo’lib o’tgan uchrashuvda rossiyalik professor Irina Petrova va italiyalik professor Anna Tozzi yangi o’quv dasturlari, o’z-aro tajriyba almashish, ta’limga bag’ishlangan bayonatlarini taqdim etdi.

Seminarda dunyo standartlariga mos shahar landshaftini yaratish, imoratlarni aqilli va ekologik normalarga mos qurish bo’yicha o’z-aro bahs-munozaralar bo’ldi. O’quv seminarida Erasmus+ dasturining QDU dagi kordinatori B.Paluanov va loyiha azosi, arxitektura va shaharsozlik kafedrası assistenti A.Turdıbaevlar qatnashdi.

Seminar songida madaniy o’rinlar bilan tanishish maqsadida shahar markazidagi diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar tashkillashtirildi.

Italiyaning L’Aquila universiteti va Qoraqalpoq davlat universiteti o’rtasida ikki taraflama shartnomaga qo’l qo’yildi

GREB loyihasi doyrasida o’tkazilgan seminar davomida Italiyaning L’Aquila universiteti va Qoraqalpoq davlat universiteti o’rtasida 5 yil muddatga ilmiy va tajriyba almashuv bo’yicha ikki taraflama shartnomaga qo’l qo’yildi.

Shunga muvofiq talaba yoshlar o’z-aro tajriyba almashish maqsadida belgilangan muddatda shartnomadagi o’quv o’rinlarida amaliyot o’tashi va o’qishini davom ettirishi mumkin.

Avstriyaning Zalcburg shahrida GREB loyihasining navbatdagi o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi

2018-yil 20-21 fevral kunlari Avstriyaning Zalcburg shahrida GREB loyihasining navbatdagi o’quv-amaliy seminarı bo’lib o’tdi.

Unda loyiha doyrasida olib borilayotgan ishlar bo’yicha keng turda malumot berildi. Hozirgacha ekologik jihatdan toza imoratlarni qurish, davir talabiga javob beradigan zamonaviy ko’rinishdagi uylarni loyihalashtirish bo’yicha bahs-munozaralar  bo’ldi. Bu seminarda GREB loyihasi bo’yicha o’quv markazini ochish masalasi ko’rib chiqildi. Loyiha doyrasida olingan o’quv uskunalari bo’yicha malumotlar berildi.

Seminarga Erasmus+ dasturining QDU dagi kordinatori B.Paluanov qatnashib, bajarilgan ishlar bo’yicha prezentaciyasini taqdim etdi.

Qatnashuvchilar o’z-aro tajriyba almashdi va seminar yakunida Zalcburg shahri bo’yicha madaniy sayohat tashkillashtirildi.

Sloveniya davlatining Lyublyana shahrida GREB  loyihasining navbatdagi o’quv-amaliy seminari bo’lib o’tdi

2018 yil 17-18-aprel kunlari Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi bo’yicha tashkillashtirilgan GREB loyihasining navbatdagi o’quv-amaliy seminari Sloveniya davlatining Lyublyana shahrida bo’lib o’tdi.

Unda hamkorlikdagi oliy ta’lim muassasalaridan o’qituvchilar qatnashdi. Seminarda loyiha davrasidagi olib borilayotgan ishlarning natiyjalari va galdagi bajarilishi kerak bo’lgan ishlar bo’yicha fikir almashinildi.

Seminarga QDU dan xalqaro aloqalar bo’limining boshlig’i Sh.Shaniyazov va arxitektura va shaharsozlik kafedrasining assistent o’qituvchisi B.Seytekov qatnashdi. Shuningdek, Erasmus+ dasturining QDU dagi kordinatori B.Paluanov qatnashuvchilarga bajarilgan vaziyfalar haqida malumotlar berdi.

Qoraqalpoq davlat universitetining Texnika fakultetida GREB loyihasi asosida lobaratoriya xonasi ochildi

Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universitetining Texnika fakultetida Evropa ittifoqining Erazmus+ dasturi GREB loyihasi asosida lobaratoriya xonasi ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Lobaratoriya xonasini ochishdan asosiy maqsad arxitekturalik yangi imoratlarni loyihalashtirish, ularning ekologik jihatdan xafsiz va zamon talabiga mos smart uylar qilib yaratish borasida ishlarni tashkillashtirish bo’lib xisoblanadi. Bugingi kunda lobaratoriya zamonaviy va xalqaro standartlar asosida kompyuter texnologiyalari bilan to’liq ta’minlangan.

–  Tashkillashtirilgan Lobaratoriya xonasida talaba yoshlar nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun amaliy tajriybalarni olib boradi.Bunda asosan talabalar o’zlari ishlab chiqqan imoratlarning loyihalari, chizilmalar va professor-o’qituvchilar bilan birgalikda ish olib boradi.

Ochilish marosimida universitet rektorı A.Reymov qatnashdi.

 

Foydali havolalar