Qushlar yerdagi tirikchilikning ajoyib timsoli bo`lib, biz ularni go`zallik va ozodalik ramzi sifatida qadrlaymiz.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 1-aprel – Xalqaro qushlar kuni bayrami har yili o`tkazilib kelinmoqda. An’anani davom ettirish maqsadida joriy yilning 2-aprel kuni Tabiatshunoslik fakultetida qushlar bayrami «ОTUS» talabalar ornitologik klubi boshchiligi va klub a`zolari bilan birgalikda bayram tadbiri o`tkazildi.
Unda O`zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi partiya tashkiloti kengashi raisi A.Begimova, Nukus shahridagi №23 va №33 sonli maktab o`qituvchi ham o`quvchilari, fakultet professor o`qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Qushlar tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil bo`lib, o`simliklarni changlantirish, urug`larni tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni sonini boshqarishdan iborat. Qushlarning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta, ularning sayrashi bog` va xiyobonlarni jonlantiradi, insonda zavqlanish hissini uygotadi. Hozirgi paytlarda qushlarning soni tobora kamayib bormoqda.
Ayniqsa, qushlar uchun shishali yuzalar katta xavf tug`diradi. Binolarning deraza va shisha panellari – qushlarning «dushmanlari» hisoblanadi.
Gap shundaki, qushlar shishalarni ko`rmaydilar va ko`pincha ularga to`qnashadilar. Shishali yuzalarda butalar, daraxtlar, osmon va qushlarning o`zlari akslanadi. Bu esa qushlarni jalb qilib, ularning o`limiga sabab bo`lishi, bu muammo hozirgi kunda butun dunyoda shu jumladan, bizning mamlakatimizda ham dolzarb hisoblanmoqda.
Shuning uchun uyimizning oynalarini yuzasini qushlar uchun seziladigan qilsangiz xavfsiz bo`ladi. Oynalarning tashqi tarafiga qushlar rasmlarini va boshqa turli naqshlarni yopishtiraylik. 1-aprel – Xalqaro qushlarni himoya qilish kuni munosabati bilan «OTUS» klubi aksiya o`tkazmoqda bunda barcha talabalarni faol qatnashingizni so`raymiz, buning bilan shu bizning qanotli do`stlarimizni hayotini saqlab qolishga bo`lgan ozgina yordamimiz hisoblanadi.
Tadbir davomida talabalar va o`quvchilar tomonidan sayroqi qushlar parvarishi,tabiatni asrash, yashil olam vakillari hamda qanotli do‘stlariga bo‘lgan munosabati chizgan rasmlari, she’rlari, tayyorlagan targ‘ibot plakatlari orqali aks ettirildi.
Qushlardan iborat ko‘rgazma tashkil etilib, o‘quvchilar tabiatga yaqinlik, jonivorlarga g‘amxo‘rliklarini namoyish qilishdi.
Shunindek, «Qushlar shishali yuzalarga to`qnashmaslikka yordam beraylik!» shiori ostida talabalar va o`quvchilar yopishqoq rang-barang qog`ozlarga qushlar rasmlarini chizishdi va ularni kesib qushlar rasmlarini fakultetimiz derazalari oynalariga yopishtirib chiqishdi.
Xalqimizda yildan yilga qushlarning ahamiyatini to`g`ri baholab ularga g`amg`orlik qilishini takomillashtirmoqda. Ularning turlarini ko`paytirish insonlarning ham ularga munosabatini to`g`ri yo`naltirish uchun chora tadbirlar olib borilib qushlar kuni mana shunday bayram darajasiga yetkazildi. Albatta bu harakatlar besamar ketmaydi degan umiddamiz va sizlarni ham safimizga chaqirib qolamiz!
O.Raximbayev,
Tabiatshunoslik fakulteti Yoshlar ittifoqi
guruh yetakchisi, JTK a`zosi.