Ekologik ta`lim-ta`rbiyani yoshlar o`rtasida shakllantirish | | Karakalpak state university

Ekologik ta`lim-ta`rbiyani yoshlar o`rtasida shakllantirish

Tabiatshunoslik fakulteti talabalarining bo`sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish maqsadida 2-sonli talabalar turar joyi majlislar zalida “Ekologiya va tuproqshunoslik” kafedrasi o`qituvchisi A.Nag`ashbaeva boshchiligida  “Ekologik ta`lim-ta`rbiyani yoshlar o`rtasida shakllantirish” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.

Unda 2-sonli talabalar turar joyi pedagogik tarbiyachisi B.Berdiev hamda talaba- yoshlar qatnashdi.

Tadbirni A.Nag`ashbaeva ochib berdi hamda olib bordi. O`z nutqida bugungi kunda atrof-tabiiy muhitning holatini hamda ekologik muammolarning naqadar kеskinligini inobatga olsak, ushbu sohada ham ta’lim-tarbiyani rivojlantirish mavjud muammolar yеchimini topishda zarurligini anglashimiz mumkin.

Ayni damda yoshlarimizning ekologik huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi ekologik ta’lim-tarbiya ta’lim tizimining ajralmas bo`g`ini bo`lib, uning asosiy g`oyalarini o`zida mujassam etgan.

Ekologik madaniyat insoniyatning tarixiy rivojlanish jarayonida tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan nazariy-ilmiy g`oyalarning majmuasi bo`lmasdan, ma’lum jamiyatda yashayotgan shaxslarning ruhiy holatlari, hissiyotlari, kayfiyatlari va intilishlarini ham qamrab olib, turli darajadagi ijtimoiy ong shakllarining ekologiya maqsad-manfaatlari doirasida mushtarakligini ifodalaydi.

Bunda hissiyot insonning tabiiy borlig`i fakti bo`lmasdan, balki inson faoliyatining o`ziga xos xususiyatlarini mеhnat jarayonida tabiatni o`z manfaatlari asosida o`zgartirishidir deb aytib o`tdilar.

Seminar  davomida  talabalarni bilimini  baholash uchun hamda shu mavzuga qiziqtirish uchun har xil interaktiv  o`yinlar o`tkazildi.

O.Raximbayev

Foydali havolalar