Talabalarning xayrli ishlari | | Karakalpak state university

Talabalarning xayrli ishlari

Xalqimizning ezgu va go’zal qadriyatlarini, olijanob orzu-intilishlarini o’z ichiga olgan Navro’z bayramini ko’tarinki ruhda o’tkazib, yordamga muhtoj insonlar, keksalar, nogironlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar xolidan xabar olish, ularga beg’araz ko’mak berish, o’zaro hurmat va hamjihatlikka qaratilgan xayriya ishlarini amalga oshirish hamda yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirishga qaratilgan  sa’y-harakatlar doirasida Tabiatshunoslik fakulteti umumiy biologiya va fiziologiya kafedrasi  o`qituvchilari  I.Arepbaev  va D.Qoshanov  boshchiligida 2 a-b  kurs talabalari bilan  urush qatnashuvchisi Nazarbay Tajibaev otaning holidan xabar olib, uning uyining atrofini tozalashga yordamlashdi.

Tashrif davomida Nazarbay ota bilan suhbatlar o’tkazib, otaning talabalarga o`z minnadorchiligini bildirib yoshlarga hozirgi kunda barcha imkoniyatlar yaratilganligi ulardan oqilona foydalanish, o`z kasbining yetuk mutaxassislar bo’lishi uchun o`zining tavsiyalarini bildirdi.

Ta’kidlash joizki, o’tkazilgan xayrli ishlar – ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar, nogironlar va keksalarga zarur darajada e’tibor berish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, keksalarni hurmat qilish va ular to’g’risida g’amxo’rlik qilish tuyg’ularini kuchaytirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

O.Raximbayev,

Tabiatshunoslik fakulteti Yoshlar ittifoqi

guruh yetakchisi, JTK a`zosi.

Foydali havolalar