https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish | | Karakalpak state university

Atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish

Toza havo dardga davo deyishadi. Chunki, inson yashashining muhim omillaridan biri – uning  nafas olish funksiyasi hisoblanadi. Toza havodan to’yib nafas olish inson kayfiyati va salomatligining tiklanishiga kuchli ta’sir etadi. Shuning uchun ham shifokorlar betob va ruhan charchagan bemorlarga ko’proq toza havoda sayr qilishlarini tavsiya qilishadi.

2-sonli talabalar turar joyi majlislar zalida “Ekologiya va tuproqshunoslik” kafedrasi o`qituvchilari A.Alpisbaeva va U.Kunnazarovlar boshchiligida  “Atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.

Unda professor- o`qituvchilar, hamda talaba-yoshlar qatnashdi.

Tadbirda so`zga chiqqanlar o`z nutqlarida atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sog’lig’ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning  yemirilishi, o’simlik va hayvonlarning nobud bo’lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o’zlari amalga oshirishlari lozim bo’gan vazifadir.

Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo’llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o’rnatilishi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqarilishi va ishlab chiqarish texnologiyasini o’zgartirish, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o’tish ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo’llari hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqda.Shu bilan bir qatorda Orol dengizining qurigan tubidan ko’tarilayotgan chang va tuzlar ham juda katta maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo’lmoqda. Umuman olganda, O’zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish ustuvor masalalardan hisoblanadi. Havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslagani uchun to’lov va jarimalar belgilangan. Har bir inson avvalo havoning ifloslanishi juda og’ir oqibatlarga olib kelishini tushunib yetsagina bu muommo ancha kamayadi. aytib o`tdi.

Uchrashuv so`ngida talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar olishdi.

O.Raximbayev,

Tabiatshunoslik  fakulteti  Yoshlar ittifoqi

guruh yetakchisi, JTK a`zosi.

 

Foydali havolalar