https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Texnika fakultetida kitob ko'rgazmasi bo'lib o'tdi | | Karakalpak state university

Texnika fakultetida kitob ko’rgazmasi bo’lib o’tdi

Prezidentimiz yoshlarimizni kitob o’qishga qiziqtirish bo’yicha  “Yoshlarning kitob o’qishga qiziqishini orittirish, ularni kitob bilan do’st etish, barchaning kitob o’qish darajasini kuchaytirishga katta e’tibor qaratish kerak”, degan edi.

Shu maqsadda Qoraqalpoq davlat universiteti Texnika fakultetida kitob ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada  qurilish sohasi, arxitektura va  texnika sohalari bo’yicha  kitoblar namoyish etildi. Ko’rgazmadan keyin Texnika fakulteti talabalariga kitoblar taqdimoti qo’yib berildi.

Taqdimotda universitetimizning kitob resurs markazi ya’ni  kitobxona xodimlari tomonidan  texnika yo’nalishiga bog’liq eng sara kitoblar haqida taqdimotlar namoyish etildi.

Bunday ko’rgazmalar nafaqat fakultetimizda, balki butun respublika bo’ylab davom etmoqda.

Shahlo Kalilaeva,

Texnika fakultetining  2-bosqich talabasi.

Foydali havolalar