slot gacor hari ini
"Fuqaro muhofazasi" kunlari o`tkazilmoqda… | | Karakalpak state university

“Fuqaro muhofazasi” kunlari o`tkazilmoqda…

Qoraqalpog`iston Respublikasi  Vazirlar Kengashining  Boshlig`i – Fuqaro muhofazasi boshlig`ining 2019-yil 12-apreldagi “Qoraqalpog`iston Respublikasida joylashgan barcha o`quv muassasalarida (umumiy o`rta ta`lim maktablari, kollej va litseylar, oliy o`quv yurtlari)da 2019-yil 15-apreldan 15-may kunlari oralig`ida haqida”gi 13-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida 16-aprel kuni Berdaq nomidagi QQDU da ham bir necha favqulodda tadbirlar o`tkazildi.

   Tabiatshunoslik fakulteti o`qituvchisi Ajniyoz Atashov boshchiligida tarix, turkman va o`zbek filologiyasi talabalari, shuningdek, bir necha ma`sul muassasa xodimlari bilan birgalikda o`quv mashg`ulotlari tashkil etildi. 

   Talablar ma`ruza va seminar mashg`ulotlari, shuningdek, mavzular yuzasidan o`tkazilgan suhbatlar davomida o`zlashtirgan bilimlarini amalyotda ko`rsatib berdilar. “Zilzila bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarda harakat qilish”, “Jabrlangan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish”, “Yong`in sodir bo`lgan hududda harakat qilish” va boshqa bir necha favqulodda vaziyatlarda qanday yo`l tutish kerakligini amalyotda ko`rish imkoniga ega bo`ldilar. 

  Qizg`in va ko`tarinki ruhda o`tkazilgan o`quv mashg`ulotlari talabalarda katta taassurot uyg`otdi. Nazariya va amaliyot birgalikda, albatta, katta natijalar berishi shubhasiz!

O`zbek filologiyasi fakulteti

          Yoshlar Ittifoqi boshlang`ich  tashkiloti yetakchisi: 

   B. Abdulamitov

Foydali havolalar