Yetmish yoshni qarshi olgan olim | | Karakalpak state university

Yetmish yoshni qarshi olgan olim

 Bugun Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 9-potok auditoriyasida Pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Duysenbayev kirish so‘z bilan ochib berdi va olib bordi. Dastlab, filologiya fanlari nomzodi dotsent Fayzulla Salayev so‘zga chiqib, olimning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati va adabiyotshunosligimizga qo‘shib kelayotgan hissasi haqida atroflicha so‘z yuritdi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Farhod Bobojonov esa adabiyotshunos olim bilan dastlabki uchrashuv taassurotlari, konferensiyada so‘zlagan nutqi to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarni aytdi.

So‘ngra Q.Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, bugungi adabiy jarayonda bo‘layotgan o‘zgarishlar, erishilayotgan yutuqlar haqida talabalarga tushunchalar berdi, uchrashuv talabalarni qiziqtirgan savollarga ulanib ketdi. Mazmunli savollari uchun talabalar Q.Yo‘ldoshev qalamiga mansub kitoblar bilan taqdirlandilar.

D.Yusufova,

O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi.

 

Foydali havolalar