https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
#Amaliyot_boshlandi… | | Karakalpak state university

#Amaliyot_boshlandi…

Joriy yilning 4-sentabr kuni chet tillari fakultetining bitiruvchi kurs talabalari o’zlarining amaliy darslarini omadli boshladilar. Avvalambor, ularga amaliy darslar qay tarzda olib borilishi, talab va majburiyatlar haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Chet tillari fakultetining ingliz tili va adabiyoti yo’nalishidagi 401,402 va 409-guruh talabalari 17-sonli maktabga, 403, 404, 405, 406, 407 va 408-guruh talabalari esa Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyida o’z amaliyotlarini o’tashi belgilandi.

Har bir talabaga tajribali metodist-ustoz belgilandi va ular o’z bilimlarini talaba-yoshlar bilan baham ko’rishdi. Amaliyotning boshlang’ich haftasida talabalar darslarni kuzatib borish jarayonida dars o’tish usillari, o’quvchilarning darajasini, qiziqishlarini bilib olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

“ Dastlabki amaliyot darsini o’tish vaqtida qo’rqinch va ikkilanish bo’lgan edi, lekin o’quvchilarning ko’zlaridagi shijoatini ko’rib, men o’z ustimda ishlashga, darsni yanada samarali o’tishga va o’quvchilarning ingliz tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishga harakat etaman,”- deydi ishonch bilan amaliyotchi yoshlar.

Talaba-yoshlar faqat ingliz tilidan dars berib qolmastan, ularga ma’lum guruh bekitilib, shu guruhlarda tarbiya darslarini ham olib bormoqdalar.

Shunday ekan, talaba-yoshlar ta’lim berish bilan bir qatorda tarbiya berishni ham o’rganmoqdalar. Shuningdek, amaliyotchilar faqat o’zlari dars o’tib qo’ymasdan, tengdoshlarining darslarini kuzatish orqali tajriba almashishga va bir-birlarining xato va kamchiliklari, shuningdek yutuqlarini o’rtoqlashishga muyassar bo’lmoqdalar.

G.Konisov,

 Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi.

Foydali havolalar