https://cbt20.fk.uns.ac.id/terbaru/https://djpen.kemendag.go.id/papamama/demo/http://ct.if.unsoed.ac.id/menang/https://ilmupolitik.uinsgd.ac.id/-/demo/https://pakbejo.jatengprov.go.id/-/demo/
Muallim – ma'naviy  padardir    | | Karakalpak state university

Muallim – ma’naviy  padardir   

 “Johonda  muallim bo’lmasa agar, hayot ham bolmasdi go’zal bu qadar”

             Tarifiga g’azal bitsang , sher yozsang,

             Yeru ko’kda  berur sado muallim.

            Qalb memori, dil chirog’i ustozdir,

             Farzand mehri ko’nglida jo muallim.

(Normurod Narzullayev)

Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Abdig’anievich Karimov takidlaganidek, “Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bolsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qutuvchi va murabbiylikdir”,  deb takidlagan edi.

Dono xalqimizning “muallim manaviy padardir” degan gapi ham bor. Buning sababi shundaki, u maktabda uning ota-onasi o’rnini bosadi. Shu bois bobomiz Mir Alisher Navoiy ustoz murabbiylarga yuksak baho berib “Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitmish ranj ila, aylamak bo’lmas ado oning haqqin yuz ganj ila” deya g’azal bitgan. 

Respublikamizda 1997 yilning 1-oktyabrdan boshlab “O’qtuvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelayotgani, ustozlarga bo’lgan yuksak etirofdir. Aziz ustozlarimiz, bizga ta’lim tarbiya berishda kuch g’ayratini sarflab, ilm sirlarini o’rgatib kelmoqda. Ustozlarimizning mehnatlarini hech narsa bilan taqqoslab bo’lmaydi. Sababi, yoshlarga ta’lim-tabiya berayotgan o’z qalb qo’ri, ko’z nuri va mehr-muhabbatini yosh avlodga baxshida etgan, buyuk mamlakatimizda har tomonlama rivojlangan, barkamol avlodni tarbiyalashdek ma’suliyatli va sharafli vazifani zimmalariga olib, olijanob ishni sidqi dildan bajarishga bel bog’lagan ustozlarimizni e’zozlaymiz.

Aytsam bahor yashar eken kuz uchun,

   Yashayapmiz boladek shirin so’z uchun.

Navoiy ham otdan tushgan siz uchun,

  Millatimiz qarog’isiz ustozlar,

Marifatning chirog’isiz ustozlar.

“Ustoz” deganda har qaysi inson ko’nglida chuqur hurmat ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg’ular, shu bilan hech qanday boylik bilan o’lchab, a’do qilib bo’lmaydigan qarizdorlik hissi paydo bo’ladi.

Bormi murabbiydan baxtliroq inson,

Shogirtlari qilsa yuksakka parvoz.

Boshimizga tojsiz bor boling omon,

Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!

    (E.Vohidov.)

Bayram munosabati bilan jamiyki ustoz-murabbiylarni tabarruk ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Shu qatorda o’zim tahsil alayotgan Qoraqalpoq davlat universitetining ustoz-murabbiylarini bayram bilan tabriklab, chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Aysultan Abdikerimova,

Texnika fakulteti studenti.

Foydali havolalar