https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
MINNATDORCHILIGIMIZ CHEKSIZ | | Karakalpak state university

MINNATDORCHILIGIMIZ CHEKSIZ

Hammamizga ma’lumki, hozir hamma yerda karantin va biz chet ellik talabalar universitet talabalar turar joyidamiz. Lekin, shunga qaramasdan o’qishlarimiz yuqori tezlikda davom etmokda va bu degani biz online o’qishdamiz va har xil musobaqalar bizni qamrab olmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqga qilgan murojaatida, biz yoshlarga alohida e’tibor qaratib karantin paytida vaqtimizni mazmunli o’tkazish kitobxonlikni o’stirish va online darslarimizni vaqtida topshirishimizni aytib o’tgandi. Men ham shu murojaatnomadan ruhlanib talabalar turar joyida o’tkazilayotgan online o’yinlar “Kitobxonlar Zakovati” va “Chevar qizlar“ tanlovlariga qatnashib, 1-o’rinlarga munosib boldim.

Shu sabab talabalar turar joyida shunga o’xshash tadbirlarni uyishtirayotgan va bizlarni karantin davrida yolgiz qoldirmayotgan, vaqtimizni foydali mashg’ulotlarga yonaltirayotganliklari va aytishga arzigulik bo’lgan sabab shunday sovrinlar berib bizni xursand qilayotganliklari uchun avvalo universitet rektoriga, pedagog-tarbiyachilarimizga, xorijiy bo’limga va universitet ma’naviy ishlar bo’yicha xodimlariga alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Leyla Ishjanova,

Chet tillari fakulteti 2-kurs talabasi (Turkmaniston fuqarosi).

 

Foydali havolalar