https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
«Zakovat» intellektual o'yini o'tkazildi | | Karakalpak state university

«Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi

 

Joriy yilning 11-dekabr kuni Geografiya va tabiiy resurslar fakultetida  8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi fakultet boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi.
Tadbirda fakultet dekani N. Embergenov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari B. Tairov, Fakultet Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi O. Raximbayev va fakultetning guruhlaridan 15 ta jamoa qatnashdi. Bellashuvni fakultet dekani N. Embergenov kirish so’zi bilan ochib berdi va o’zining iliq tilaklarini bildirib o’tdi. Intellektual o’yin davomida so’zga chiqqanlar o’z so’zlarida qaysidir talaba fan olimpiadasi g’olibi bo’lsa, yana qaysidir talaba nomdor stipendiyalar sohibi bo’lmoqda. Kundan kunga talabalar o’rtasida yuzaga kelayotgan intelektual muhitda shunaqa intellektual o’yinlar o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Universitetimizda tobora ommalashib borayotgan “Zakovat- intellektual o’yini” esa ularni bir joyga jamlash, bilimini namoyon etish va oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda ekanligini va talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari haqida o’zlarining iliq fikrlarini bildirib o’tdilar.
Qizqarli bahs munozaralarga boy bo’lgan intellektual o’yin yakunida quyidagi jamoalar g’oliblikni qo’lga kiritishdi.
1-o’rin Geodes jamoasi,
2-o’rin Covid-19 va Sirius jamoasi,
3-o’rin Geodezist hamda Tafakkur jamoalari qo’lga kiritishdilar.

N. Tajimurotov,
Fakultet Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti media guruhi yetakchisi.

 

 

Foydali havolalar