https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
«Navoiyxonlik» va «Boburxonlik» oyligi doirasida Zakovat | | Karakalpak state university

«Navoiyxonlik» va «Boburxonlik» oyligi doirasida Zakovat

Universitetimiz talabalar turar joyida Ulug‘ ajdodlarimiz Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 537-yilligi munosabati bilan “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligi doirasida, Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti talabalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
O’yinni fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Tairov. B o‘zining kirish so’zlari bilan ochib berdi. O‘z so‘zida hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida kengdan keng tushintirib o‘tdi. Fakultetimizda iqtidorli talaba yoshlar ko‘pligi, ularning iste’dodlarini yuzaga chiqarishda «Zakovat» intellektual o‘yinining ahamiyati katta ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek fakultetimiz  » Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya» kafedrasi o‘qituvchisi Karimbaev. Q o‘zining iliq so‘zlarini aytib, barcha jamoalarga omad tiladi.

Oʻyinni oʻtkazishdan asosiy maqsad talaba yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish. Talabalarda Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulugʻ ajdodlarimizning bizga qoldirgan abadiy, badiiy, ilmiy asarlarini yanada koʻproq oʻrganishga qiziqtirishdir.
O‘yinda qatnashgan jamoalar Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan parchalar, g‘azal, ruboiy, she’rlar aytishdi. Qizgʻin bahs munozaralarga boy bolgan o‘yinda quyidagi jamoalar
1-oʻrin Kamolat jamoasi
2-oʻrin Tafakkur jamoasi
3-oʻrin Everest jamoalari gʻolib boʻlishdi.
Gʻolib boʻlgan jamoalar Diplom hamda esdalik sovgalari bilan taqdirlandilar.

Nurbek Tajimurodov
Geografiya va tabiy resurslar fakulteti 3-bosqich talabasi.

 

 

Foydali havolalar