https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
"Alvido bolalik" meni chuqur mushoxadaga chorladi | | Karakalpak state university

“Alvido bolalik” meni chuqur mushoxadaga chorladi

 

       «Hozir qo’limga miltiq berib qo’yishsa-yu darvozadan ota- onam kirib kelishsa, shartta otardim. Ana undan keyin o’zimni otib tashlasa, mayli». Ushbu satrlar Tohir Malikning “Alvido bolalik” asaridan bir parcha. U meni shu qadar ta’sirlantirdiki bu yerda farzandning ota- onasiga bo’lgan nafrati ochiq oydin bayon etilgan. Asarni o’qib nahotki farzandlar o’z ota yoki onasiga shu qadar rahmsiz bo’lsa, deb o’ylab qoldim. Asarda dard ichida yongan o’smirlar hayoti ularning ayanchli qismatlari aks etirilgan. Ota-onaning befarqligi, mehrsizligi sabab egri yolga kirib ketgan o’smirlarning ayanchli qismati odamning qalbiga titroq soladi. Bola hech qachon jinoyatchi bo’lib tug’ulmaydi, balki nosog’lom muhit buzadi.Tarbiyasini izdan chiqaradi. Bu asarni barcha o’qishi kerak, undan kattalar ham, bolalar ham, bir xilda tarbiya oladi deb o’ylayman. Kattalar kichiklar oldidagi burchini, kichiklar esa noto’g’ri yo’lga kirishning ayanchli oqibatini anglab yetadilar.

Bolaligimdan badiiy kitoblarga mehrim bo’lakcha, mutoala eng sevimli mashg’ulotimga aylangan.Kichkina paytlarimda bobom juda ko’p ertak kitob olib berardi.Ularni darrov o’qib chiqib yangisini olib bering, deb urshardim. Katta bo’lganim sari katta asarlarni o’qish ishtiyoqi paydo bo’la boshladi. Ilk o’qigan kitobim bu yuqoridagi “Alvido bolalik” asari edi. Asarni o’qib tugatgach undagi qahramonlar taqdiri, ularning kechmishi meni havotirga sola boshladi, endi nima bo’ladi degan o’y-xayollar meni chuhur mushohadaga chorladi, ayniqsa asarga juda dolzarb mavzu epigraf qilib olingan,ya’ni jinoyat ko’chasiga kirib qolgan yoshlarning achinarli taqdiri. Balki, shuning uchun ham bu asar  kitobxonlar orasida yuksak shuhrat qozongan.

Men Tohir Malikning ushbu romanini mutoala qilib uning boshqa asarlariga ham ehtiyoj seza boshladim va bu narsa meni kitob degan buyuk mo’jizaga yaqinlashtirdi. “Alvido bolalik”dan esa o’zimga kerakli xulosa oldim, ya’ni hayotni sevishni, uni qadrlashni, doimo vijdoni uyg’oq qalb bo’lishni istadim va bunga amal qilishga intilaman, Siz ham aziz tengdoshim, doimo o’qing, izlaning, intiling, shunda o’z o’rningizni topasiz, kitoblar ezgulikga chorlashiga ishonasiz.

 

QDU Kimyo texnologiya fakulteti

 1-«A» Oziq-ovqat texnologiyasi guruh talabasi 

Ishonova Selbi.

 

 

Foydali havolalar