https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Bu olamning so'rog'i ko'p | | Karakalpak state university

Bu olamning so’rog’i ko’p

Hechkim sizdan aqlli emas, hechkim sizdan kuchli emas. Shunchaki, ular sizdan ancha vaqtliroq boshlashgan.

Hayotingizga bir nazar soling shu paytgacha nimalar qildingiz, nimalarga erishdingiz? Sizda nimalar bor? Mashina, uy ,pul deysizmi? Unda aytingchi, ilimingiz bormi? U nima deysizmi? O’sha siz aytgan mashina, pul va uyning o’rnini bosadigan bu –bilimdir. Ammo bularning hammasi yig’ilsa ham bilimning o’rnini bosa olmaydi. Masalan qarang, uyim bor dedingiz qancha katta hashamatli uyingiz bo’lmasin unda halovat bo’lmasa u-vayronadir.Pulim ko’p deysizmi? O’sha pulingiz bilan mehrni, bilimni,  aqlni sotib ololasizmi? Bizga o’qish nimaga kerak o’qimaganlar ham yaxshi ishlarda ishlayapti deysizmi?

Endi qarang. Bilimli va bilimsizning suhbatiga nazar soling.Ularning qaysi birining gapida ma’no mantiq bor? Albatta bilimli insonning gaplarida ma’no-mantiq bor. Hozirgi kunda yoshlarimiz kerakmas narsalarga vaqtini ketkazyapti hech kim bo’sh vaqtida kitob o’qimay qo’ydi. Bu achinarli holat emasmi? Elektron kitoblar bor shuni o’qiymiz deysizmi? To’g’ri electron kitoblar ham bor lekin ular o’zlarimizning kitoblarga teng kelolmaydi. Men bo’sh vaqtlarimda kutubxonaga borib turaman. Kutubxonaga borsam xoh ishoning, xoh ishonmang bitta yoki ikkita talabani ko’raman. Bu yomon ahvol emasmi?

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Biz yoshlarga qancha imkoniyatlar yaratip beryapti. Kelajak yoshlar qo’lida deyapti. Biz yoshlar emasmizmi? O’ylab ko’ringchi biz Prezidentimizning biz yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlaridan unumli foydalanayapmizmi? Shu imkoniyatlarga loyiqmizmi? O’zingizga boqing, shu oddiygina bir texnika <Telefonga> qul bo’ldikmi? Hayotimizning eng yaxshi, eng baxtli daqiqalarini shu telefon internet bilan o’tkazayapmizmi? Afsus, oramizda shunday yoshlar ham bor. Bilimsiz kishidan qo’rqish kerak. Chunki u o’zi bilib bilmay jamiyatga, oilasiga, do’stlariga, ota-onasiga yomonlik qilishi hech gap emas. Chunki u manqurt kabidir. O’qigan odam jamiyatga, oilasiga foyda keltiradi. Azizlar, biz O’zbekiston Yoshlarimiz va biz bundan faxrlanamiz.

O’zbekiston xalqiga loyiq bo’laylik. O’zimizning kuchimiz, bilimimiz bilan vatanimizni dunyoga tanitaylik, bayrog’ini ko’klarga ko’taraylik.

Yaqinda biz guruhimizda Zakovat o’tkazdik.O’yin juda qiziqarli bo’ldi. Har xil savollar berildi. Talabalar guruhlarga bo’linib javob topishdi. Zakovat savollari menga juda yoqdi. Chunki, Zakovat savollari insonni o’ylashga, aqlini ishlatishga majbur qiladi.

QDU Kimyo texnologiya fakulteti

 1-A Oziq-ovqat texnologiyasi talabasi

Ishonova Selbi.

 

Foydali havolalar