https://cbt20.fk.uns.ac.id/terbaru/https://djpen.kemendag.go.id/papamama/demo/http://ct.if.unsoed.ac.id/menang/https://ilmupolitik.uinsgd.ac.id/-/demo/https://pakbejo.jatengprov.go.id/-/demo/
«Covid-19 ni birgalikda yengamiz»nomi ostida seminar trening bo'lib o'tdi | | Karakalpak state university

«Covid-19 ni birgalikda yengamiz»nomi ostida seminar trening bo’lib o’tdi

Bugun Qoraqalpoq davlat universitetining Chet tillari fakulteti, Tarjima nazaryasi va amaliyoti kafedrasida «Covid-19 ni birgalikda yengamiz»nomi ostida seminar trening bo’lib o’tdi. Seminarda Nukus shahar sanitariya-epidimologiya tinchlik va xalq salomatligi bo’limi epidimolog shifokorlari Najimova Kamila va Qayipova Tazagul, tarjima nazaryasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchilari Ramuza Jumamurotova, Sarvinoz Arzimbetovalar qatnashdilar.

Yig’ilishni Chet tillari fakulteti ma’naviy va marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Temur Kulniyazov olib bordi.Ular koronavirusdan saqlanish uchun karantin qoidalariga, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerakligini ta’kidlab o’tdi. Shu jumladan, ular virusni yuqtirib olgan insonda bo’ladigan  kasallik asoratlarini talabalarga tushuntirib berdilar. Agarda  o’zimizda virus alomatlarini sezsak qayerga murojaat qilishimiz kerakligi haqida ham ma’lumot berildi. Bugun yurtimizda bu baloni yo’qotish uchun qanday ishlar olib borilayotgani haqida to’xtalib o’tdilar. Jumladan, bugungi kunda yurtimizda  65 yoshdan yuqori bo’lgan shaxslarga virusga qarshi vaksinalar urilayotganiga ham alohida ta’rif berdilar.Qariyalarga urilayotgan vaksinalar xavfsiz bo’lib, xalqni virusdan himoya qilish uchun chet davlatlaridan sotib olinmoqda va aholiga bepul tarqatilmoqda. Ayni paytda vaksinani o’zida sinab ko’rishni istagan ko’ngillilar ko’p ekanligi ham aytib o’tildi. Seminar so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga epidimolog shifokorlardan javob oldilar.

Keling do’stlar barchamiz birgalikda «Covid»deb atalgan baloni yengamiz! Sizdan hechnarsa talab etilmaydi, shunchaki siz karantin qoidalariga, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilsangiz va o’z sog’ligingizga bee’tibor bo’lmasangiz bas!

 

                                                                                                                                             Shomurodova Mohira

                                                                                                    Tarjima nazaryasi va amaliyoti 103-guruh talabasi .

 

 

Foydali havolalar