«Yo'l xaritasi» rejasi asosida ishlar boshlandi | | Karakalpak state university

«Yo’l xaritasi» rejasi asosida ishlar boshlandi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning , 2021-yil 13-apreldagi «Mamlakatimizda yoshlar bandligini ta’minlash hamda yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish ish-jarayonlari»ga bag’ishlangan videoselektor majlisida «Oliy o’quv yurtlari mahalla yoshlari uchun ma’naviy markaz hamda madaniyat o’chog’i» bo’lishi lozim deya ta’kidladi.

Shu nuqtayi nazardan, oldin xabar berilganidek, San’atshunoslik fakulteti  Nukus shahri 3-sektorda joylashgan «Nur» mahalla fuqarolar yig’ini bilan hamkorlikda «Yo’l xaritasi» ishlab chiqdi va ish rejalar belgilab olindi.

 Reja asosida, «Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik» shiori bilan  19-23-aprel kunlari «Rasm solish va amaliy san’atshunoslik festivali» o’tkazilishi rejalashtirilgan edi. Festivalning 4-kuni  esa ya’ni 22-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat milliy muzeyida «San’atshunoslik» fakultetining Amaliy san’atshunoslik va Rangli surat ta’lim yo’nalishi talabalari ijodidagi asarlar orqali ko’rgazma tashkil qilindi hamda taniqli rassomlar bilan talabalar va rassomchilikga qiziqadigan mahalla yoshlari uchrashuvi bo’lib o’tdi.

 Shu kuni «Nur» mahalla fuqarolar yig’inining qiziquvchan yoshlari va talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga kasb ustalaridan yetarlicha javob olishdi. Kasb ustalarining o’zlari yoshlar yoniga kelib, maslahat va yordam berganlari yoshlarga yanada ishonch bag’ishladi.

 

Sanatshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi

Shamuradov Xayrulla.

 

Foydali havolalar