https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Karakalpak state university

Bir millatni millat sifatida tanitadigan narsa bu – uning tili.

Til oʻzi nima? Til bu – kommunikatsiya (aloqa) vositasi. Har bir aloqa vositasi alohida shakllanishi uchun bir necha oʻnlab, yuzlab yillarni talab etadi. Yer yuzida 7000 dan ziyod til borligi manbalarda qayd etilgan boʻlsa, ularning aksariyati yoʻq boʻlib ketish arafasida. Nima sabab, chunki ular aloqada kam qoʻllaniladi. Bundan maʼlumki millat tomonidan qadrlanmagan til yashamaydi. Xoʻsh, biz tilimizni qadrlayapmizmi?

«Ha» deyishga shoshilmang. Koʻchalardagi doʻkonlar, marketlar, toʻyxona-restoranlar, xullas, ijtimoiy oʻrinlarga eʼtibor bering. Oʻzingizni qayerda yashayotganingizga shubha qilib qolasiz. Aksariyatining nomi ingliz, rus va yana boshqa yevropa tillarida. Bu koʻrinib turgan, hech kim inkor eta olmaydigan fakt. Yana bir misol, barchamiz tomosha qiladigan telekanallardagi koʻrsatuvlar nomi. Ular ham shu kabi, «zamonaviy» nomlardan holi emas. Oʻz oʻrnida savol tugʻiladi, bularni koʻrib ulgʻayayotgan yoshlar ongida tilga boʻlgan hurmat, umuman,  «tilga nisbatan hurmat» tushunchasining oʻzi shakllanyaptimi? Mavjudmi oʻzi mana shu tushuncha? Agar mavjud boʻlmasa qanday qilib biz ona tilimizni kelajak avlodga oʻz holicha yetkazib beramiz?!  Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda aynan til bilan bogʻliq tortishuv va munozaralar, qarama-qarshiliklar ham ancha faollashgan. Bularning barchasi ona tilimizni oʻz holicha saqlab qolish, uning davlat miqyosidagi mavqeini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Biz ham shu millat aʼzosi sifatida tilimizni asrab-avaylash, uni qadrlashni oʻrganishimiz kerak. Buni amalga oshirish uchun koʻchaga chiqib inglizcha nomdagi doʻkon egasiga eʼtiroz bildirish, yoki, nomi boshqa tildagi koʻrsatuv mualliflari bilan bogʻlanib ularga aql oʻrgatish shart emas. Shunchaki, oʻzingizdan boshlang! Sizga «привет», «hello» deya xabar yuborgan doʻstingizga «Assalom-u alaykum» deya javob qaytaring!

Ha aytgancha, anglagandirsiz maqola sarlavhasi maʼnosini…

Jalgʻashev Shexroz

Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti,

jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha) 1-V kurs talabasi.

 

 

Foydali havolalar