https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
MDH davlatlari o'rtasida o'tkazilgan "Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021" Xalqaro tanlovi g'olibi taqdirlandi | | Karakalpak state university

MDH davlatlari o’rtasida o’tkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021” Xalqaro tanlovi g’olibi taqdirlandi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va Jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi, universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi matbuot kotibi – Dilafruz Obloqulova Qozog’iston Respublikasining Nur-Sulton shahrida MDH davlatlari o’rtasida o’tkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021” Xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichidan Jurnalistika yo’nalishida faxrli 1-o’ringa sazovor bo’ldi va oltin medal bilan taqdirlandi.

Ushbu tanlov Qozog’istonning Nur-Sulton shahrida 2019-yildan buyon an’anaviy tarzda o’tkazib kelinmoqda.

Dilafruz Obloqulova asli buxorolik. U universitet o’qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent – Tamara Masharipova ilmiy rahbarligida “Ko’hna va boqiy Buxoroning turistik salohiyatini jahon miqyosiga tanitishda OAVlarining o‘rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Uning bir qator ilmiy-publitsistik maqolalari, tezislari, adabiy-badiiy ijod namunalari nafaqat O’zbekiston balki, turli xorijiy,  xususan, Hindiston, Italiya, Misr kabi o’ngga yaqin davlatlarning ommaviy nashrlaridan o’rin olgan.

Yosh olimani ushbu mukofot bilan tabriklaymiz va kelgusi ilmiy-ijodiy izlanishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

 

 

 

 

Qoraqalpoq davlat universiteti matbuot xizmati

 

 

 

Foydali havolalar