https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Universitet rektori Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida | | Karakalpak state university

Universitet rektori Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida

2021-yilning 19-may kuni rektor Akhmed Reymov boshchiligidagi delegatsia hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish maqsadida Belorus Respublikasining Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetiga tashrif buyurdilar.

 Tashrif davomida Yanka Kupala davlat universiteti ilmiy-texnika parkiga tashrif buyurdilar. Universitet Ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Yuriy Romanovskiy mehmonlarni inshoot infratuzilmasi, uning ishlab chiqarilishi va innovatsion imkoniyatlari bilan tanishtirdi.

Rektor Akhmed Reymov boshchiligidagi delegatsiaga fan va texnologiyalar parki asosida faoliyat yuritadigan mavjud ishlab chiqarish binolari va laboratoriyalar bilan tanishish, shuningdek, Yanka Kupala davlat universiteti loyihalari hamda Startaplar studiyasining rezidentlari va ishtirokchilari bilan muloqot qilish imkoniyati berildi.

 Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov va Grodno davlat universiteti rektori Kiturko Irina Fyodorovna bilan xamkorlik shartnomasi imzolandi.

Uchrashuv yakunida universiteti rektori A.Reymov Grodno davlat universiteti rahbariyati va xodimlariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi, shuningdek imzolangan hamkorlik shartnomalari doirasida qo’shma shartnomalarning tez orada amalga oshirilishiga umid bildirdi.

QQDU Matbuot xizmati

 

 

Foydali havolalar