https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
MDHning "Eng yaxshi yosh olimi – 2021" Xalqaro tanlovi g'olibi 1-4-iyun kunlari Misrda bo'lib o'tadigan anjumanga yo'llanmani qo'lga kiritdi | | Karakalpak state university

MDHning “Eng yaxshi yosh olimi – 2021” Xalqaro tanlovi g’olibi 1-4-iyun kunlari Misrda bo’lib o’tadigan anjumanga yo’llanmani qo’lga kiritdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va Jurnalistika fakulteti talabasi, universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi matbuot kotibi Dilafruz Obloqulova yaqinda Qozog’iston Respublikasining Nur-Sulton shahrida MDH davlatlari o’rtasida o’tkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021” Xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichidan Jurnalistika yo’nalishida faxrli 1-o’ringa sazovor bo’lib, oltin medal bilan taqdirlangan edi.

Universitetimiz talabasi joriy yilning 1-4 iyun kunlari Misr arab Respublikasi, Qohira shahrida bo’lib o’tadigan “A journey to the Heart” (Yurakka sayohat) Xalqaro antologiyasi taqdimotida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetidan  vakil sifatida ishtirok etadi va ingliz tilida ma’ruza qiladi.

Iqtidorli talabamizga universitetimiz nufuzini yanada oshirishga ulkan shijoat tilaymiz!!!

 

Foydali havolalar