QQDU TALABASI MISR-ARAB RESPUBLIKASI, QOHIRA SHAHRIDA XALQARO "TAGRID FAYAD ADABIYOT MUKOFOTI" BILAN TAQDIRLANDI | | Karakalpak state university

QQDU TALABASI MISR-ARAB RESPUBLIKASI, QOHIRA SHAHRIDA XALQARO “TAGRID FAYAD ADABIYOT MUKOFOTI” BILAN TAQDIRLANDI

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va Jurnalistika fakulteti talabasi Dilafruz Obloqulova Misrda, Qohira shahrida o’tkazilgan “O’zbek-Misr madaniy forumi” da bevosita ishtirok etib, o’zbek, ingliz tillarida nutq so’zladi.

 

“… avvalo, barchangizni yurakka qilingan va qilinayotgan sayohat bilan qutlamoqchiman. Bilasizmi, forum davomida taqdimoti rejalashtirilgan yangi kitobning nomi ham bejizga “Yurakka sayohat” deb nomlanmagan. Boisi, har bir ijodkor, shoir yoki shoira, avvalo, sayohatni o‘z qalbidan boshlashi kerak. Donishmandlar fikricha, yurakdan yozilgan she’r, yurakka yetib boradi. Demak, bugun dillarimiz, dillarimizni topgan kun.”

Ushbu xalqaro anjumanda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Hindiston, Arabiston, Afrika, Livan, kabi davlatlardan shoir, yozuvchi, jurnalist, ijodkorlar o‘z ijod namunalari bilan qatnashdi. Madaniy forumning rahbari Tagreed Fayyad tomonidan yaqindagina xalqaro ijodkorlarning ijodi jamlangan “A journay to the Heart” (Yurakka sayohat) kitobi ingliz va arab tillariga tarjima qilinib,  “Misr nashriyoti” tomonidan nashr qilingan. 1-iyun kuni Qohiradagi anjuman o’z ishini boshlab, 2-iyun kuni esa “Yurakka Sayohat” kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.

Unda vakilamiz Dilafruz Obloqulova nutq so’zlab, yangi kitobdan o’rin olgan ijod namunalari bilan o’rtoqlashdi.

Uning ijod namunalarini ingliz, arab tillariga tarjima qilgan tarjimonlar, tashkilotchilar, ijodini e’tirof etib, Xalqaro “TAGRID FAYAD ADABIYOT MUKOFOTI” bilan taqdirladi.

Dilafruz yaqindagina Xalqaro Talabalar Assotsatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan MDHning “ENG YAXSHI YOSH OLIMI -2021” Xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichidan faxrli 1-o’ringa sazovor bo’lib, Oltin medalni qo’lga kiritgan edi.

Universitetimizning tirishqoq talabasi Misrdagi adabiyot kechasi haqida o‘z taassurotlari bilan o’rtoqlashar ekan:

“Bilasizmi, ushbu “O’zbek-Misr” Xalqaro Madaniy forumi”ni men “O’zbek-Misr Mushoirasi” deya qayta nomlagan bo’lar edim…” deydi u.

“Zero, shoira Zulfiyaxonim aytganidek:

“Nil qudratin jo’shib kuylar bir shoir,

O’zgasi Gang misol qilar zamzama.

Faqat mango nusxa ajoyib chodir

Bu go’zal davraga ajib boshpana.

Yuksak Mushoira etadi davom

Do’stim, kel sen ham..!”

Chin ma’noda, biz shoira, jurnalist, jamoatchi talabamizni Universitetimiz ma’muriyati nomidan qutlaymiz!!!

 

QQDU matbuot xizmati

 

 

Foydali havolalar