«Talaba-yoshlar kelajak uchun ovoz beramiz!»  shiori ostida o'tkazilayotgan «Targ'ibot poyezdi» loyihasi Qoraqalpoq davlat universitetida davom etmoqda | | Karakalpak state university

«Talaba-yoshlar kelajak uchun ovoz beramiz!»  shiori ostida o’tkazilayotgan «Targ’ibot poyezdi» loyihasi Qoraqalpoq davlat universitetida davom etmoqda

“Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida o’tkazilayotgan «Targ’ibot poyezdi» loyihasi doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga Toshkent shahridan tashrif buyirgan  targ‘ibot guruhi a’zolari ishtrokida talabalarimiz o’rtasida tanlov va tadbirlar davom etmoqda.

Talaba-yoshlarning saylov qonunchiligi borasidagi huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo’yicha «Talaba-yoshlar kelajak uchun ovoz beramiz!»  shiori ostida o’tkazilayotgan «Targ’ibot poyezdi» loyihasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha targ‘ibot guruhi a’zolari rahbari Sarbar Tojiboev (Toshkent davlat yuridika universiteti o’qituvchisi) loyiha maqsadi haqida keng tushincha berdi.

Loyiha maqsadi targ‘ibot guruhi a’zolari bo‘lgan o’z tengdoshlari bilan uchrashib, saylovning huquqiy asoslari, ovoz berishning ahamiyati haqida targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirishdan iborat.

Universitet talaba-yoshlari o’rtasida «Saylov mening nigohimda» insholar tanlovi davom etmoqda.

 

QQDU Matbuot xizmati

 

 

Foydali havolalar