https://cdc.iainponorogo.ac.id/wp-content/gampang-menang/https://cdc.iainponorogo.ac.id/-/demo/https://kebonagung.pacitankab.go.id/-/gampang-menang/
Muddatli harbiy xizmat orqali maqsadimga erishdim | | Karakalpak state university

Muddatli harbiy xizmat orqali maqsadimga erishdim

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi D. Abadanov, boshlang‘ich tashkilotning fakultet yetakchilari, faollar, universitetimizni 16 ta fakultetidan, harbiy xizmatni o‘tab tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari qatnashdilar.

Uchrashuvda universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi D. Abadanov so‘zga chiqib, harbiy xizmatni o‘tab tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalarni avvalo o‘qishga kirgani bilan va harbiy xizmatni o‘tash har bir yigitning burchi ekanligi, vatan oldidagi burchni muvaffaqiyatli bajarib kelgani bilan chin dildan tabrikladi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgan talabalarni to‘lov- kontraktining 35% miqdorini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilishi, «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizom» haqida tushuntirib o‘tdi.

 

 

Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi Nurbek Tojimurodov

 

Foydali havolalar