Talabaning dil so'zi: «Bizdan harakat va ilmga zo'r ishtiyoq talab etiladi» | | Karakalpak state university

Talabaning dil so’zi: «Bizdan harakat va ilmga zo’r ishtiyoq talab etiladi»

Bugungi kunda yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish va ularning bo’sh vaqtini samarali tashkil etish uchun ko’plab loyihalar, tanlovlar va fan olimpiadalari tashkillashtirilgan va bu shukuh hozir ham davom etmoqda.Misol tariqasida Prezidentimizning besh tashabbusi asosida tashkil etilgan «Besh tashabbus bilimdonlari» ko’rik tanlovini olaylik.Ushbu ko’rik-tanlov yoshlarning ilmiy savodxonligini oshiribgina qolmay, ularning sport, san’at va madaniyat haqidagi tushunchalarini boyitdi, mantiqiy fikrlash mahoratini yanada oshirdi desak mubolag’a bo’lmaydi, albatta.Bu tanlovda bizning fakultetimiz talabalari ham qatnashdi va faxrli ikkinchi o’rinni egallashdi.Ko’plab guruhdoshlarim esa olimpiadalarga qatnashdilar va bularning barchasi talabalarning bilimga chanqoq va ziyrakligidan dalolatdir.Shu zaylda harakat etsak ishonamanki Prezidentimiz aytganidek:»Yoshlar davlatning eng katta kuchi»ga aylanadi.Yana bir misol tariqasida Universitetimizning Fizika fakulteti talabasi Nargiza Abdullayeva tomonidan o’tkazib kelinayotgan «Zakovat» intellektual o’yini ham talabalarning ilmiy salohiyatini oshirib, ularning bo’sh vaqtini samarali va qiziqarli tashkil etilayotganligiga o’yin so’nggida talabalar tomonidan berilayotgan ijobiy fikrlar orqali  guvoh bo’lishimiz mumkin.Shu o’rinda Universitetimizda o’tkazilgan «Eng yaxshi monolog» ko’rik-tanlovi ham aynan yoshlarimizning san’at sohasida iste’dodlarini sinab ko’rishda yana bir imkoniyat bo’ldi deb o’ylayman.

«Har ishda bir hikmat bor» deyishadi donolar. Do’stlar, vaqtimizni ahamiyatsiz narsalarga sarflamaylik. Ota-onamiz bag’rida ta’lim olaylik, ilm olish bilan birgalikda hayotni ham o’rganaylik. Bizdan harakat va ilmga zo’r ishtiyoq talab etiladi.Axir aytishadiku: «Bolaning bo’sh vaqti-dushmanning ish vaqti.» Har lahzamizni ongimizni charxlaydigan,bilimimizni yuksaltiradigan, natijali va  qiziqarli tanlovlarda qatnashib,  kitob javonimizga ko’rk qo’shib turadigan diplomlar va tashakkurnomalarga ega bo’laylik!

Kimligimizni va Yangi O’zbekiston yoshlari nimalarga qodirligini har qadamda ko’rsataylik, isbot qilaylik!

Chet tillari fakulteti, Tarjima nazaryasi va amaliyoti kafedrasining 2-bosqich  talabasi Shomurodova Mohira.

Foydali havolalar