Oltin olma – duo ol… | | Karakalpak state university

Oltin olma – duo ol…

          Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-167-son qarorining 11-bandida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Kimyo-texnologiya fakulteti tomonidan nuroniylarni qo’llab-quvvatlash ishlari olib borildi.

          2022-yil aprel oyida yolg’iz qariya onamiz Berdimuratova Nag’ima opani ko’rishga Kimyo-texnologiya fakulteti tyutori A.Alauatdinova boshchiligida o’ziga biriktirilgan guruhlar talabalari bilan birgalikda borishdi. Berdimuratova Nag’ima opamizga Kimyo-texnologiya fakulteti nomidan sovg’a-salomlar va iftorlik uchun iftorlik taomlari olib borildi.

          Berdimuratova Nag’ima opamiz 36 yoshida beva qolgan. Yolg’iz o’zi ikki qizini tarbiyaladi, o’stirib-ulg’aytirdi, ularni tushmushga berdi va hozir yolg’iz o’zi yashayapti. Berdimuratova Nag’ima opamiz yaqinda “UMRA” safariga borib keldi. Bunday ulug’ joyga borib kelishi uchun Nag’ima opamizga tug’ishgan ukasi yordam berdi.

          Berdimuratova Nag’ima opamiz o’z uyiga kelgan mehmonlarni quruq qo’l bilan qaytarmadi. Masalan, Kimyo-texnologiya fakulteti tyutori Mambetkarimov Botir og’aga “UMRA” safaridan o’zi bilan olib kelgan bosh kimiyini, Alauatdinova Aynagulga va talaba qizlarga atirlar, talaba yigitlarga esa tasmalar bilan siylab yubordi va talabalarga o’qishlarida omad, tyutorlarga esa ishida rivoj tilab duo qildi.

 

 

 

 

 

 

Aynagul Alauatdinova
Kimyo-texnologiya fakulteti tyutori.

Foydali havolalar